21:25 / 31.07.2023
456

Nima uchun yozda yotoqxonadagi karavot yaqiniga piyoz qo‘yib uxlash kerak?

Nima uchun yozda yotoqxonadagi karavot yaqiniga piyoz qo‘yib uxlash kerak?

O‘rta asrlardayoq odamlar agarda piyoz to‘rtga bo‘linib, karavot yaqiniga qo‘yib uxlansa, u yo‘talni yengillashtirishini bilishgan.

1990 yillar boshlarida shifokorlar ushbu amaliyot gripp va shamollashni to‘liq bartaraf etishiga ishongan hamda bemorlariga uni sinab ko‘rishni tavsiya qilgan. Profilaktika ish bergan: piyozni boshi yaqiniga qo‘yib uxlagan bemorlar shamollashdan tezda xalos bo‘lgan.

Hamma gap piyozning antibakterial xususiyatida. Bugun ilm-fan ushbu amaliyotni qo‘llab-quvvatlamasa-da, yotoqxonaga qo‘yib qo‘yilgan piyoz sizga qo‘l kelishi mumkin.
 
Siz kechasi karavotingiz oldiga to‘g‘ralgan piyoz qo‘yib, uyga kirayotgan pashshalarni cho‘chitishingiz mumkin. Bu hiddan hatto chivin va chumolilar ham qochadi. Shuningdek, tarkibidagi aminokislotalar tufayli piyoz uyqu sifatiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Agarda piyoz chivin chaqqan joyga surtilsa, u yallig‘lanishga qarshi ta’sir ko‘rsatib, achishish va qichishishlarni bartaraf etadi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Nima uchun yozda yotoqxonadagi karavot yaqiniga piyoz qo‘yib uxlash kerak?