14:14 / 09.08.2023
92

Jazirama kunlarda mashinada qoldirib bo‘lmaydigan buyumlar

Foto: “Noviy ochag”

Unutuvchanlik o‘zingizga yoki bo‘lmasa avtomobilingizga zarar yetkazishi mumkin, ayniqsa, yozning jazirama kunlarida. Quyidagi narsalardan qay biri avtomobilingizda saqlanishiga e’tibor qarating.

Suv

Favqulodda vaziyatlar vazirligining ogohlantirishicha, plastik suv idishi avtomobilda yong‘in chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin. Obyektiv kabi suv quyosh nurlarini toraytiradi va ularni bir nuqtaga jamlaydi. Uning markazidagi harorat 120 darajaga yetishi mumkin — bu o‘rindiq qoplamasi va avtomobildagi plastmassa eriy boshlashi uchun yetarli harorat.

Bundan tashqari, havo harorati ko‘tarilganda plastmassa suvga BPA (bisfenol A) chiqaradi, ushbu modda ko‘p miqdorda bo‘lsa, rivojlanishning kechikishi, onkologik kasalliklar, shu jumladan, prostata va tuxumdon saratoni kabi bir qator salbiy o‘zgarishlarga olib keladi.

Optika

Tibbiy ko‘zoynaklar mashinada qisqa vaqtga ham qoldirilmasligi kerak. Amaliy tajribalar shuni ko‘rsatadiki, obyektiv orqali o‘tadigan quyosh nuri ostida avtomobilning ichki qoplamasi bir necha daqiqadan so‘ng yona boshlaydi.

Foto: “Noviy ochag”

Yogurt

Yuqori harorat ta’sirida yogurt faol ravishda bijg‘iy boshlaydi. Paketdagi gazlarning to‘planishi portlashga olib kelishi mumkin. Bu xavf tug‘dirmaydi, lekin mashinangizni tozalashingiz kerak bo‘ladi va professional tozalashsiz achigan hiddan xalos bo‘lolmaysiz.

Konfetlar

30 darajadan yuqori havo haroratida rangli konfetlar tezda eriy boshlaydi. Jabrlanganlarning so‘zlariga ko‘ra, shirinliklarga qo‘shilgan bo‘yoq dog‘i hatto kimyoviy tozalashdan so‘ng ham ketmagan.

Kosmetika

Avtomobilda kosmetika saqlamang. Quyosh ta’sirida lab bo‘yog‘i, blesk va tush erib, naychadan oqib chiqadi, qoplamada dog‘ qoldiradi, ten va pudralar esa o‘z tarkibini o‘zgartirib, yaroqsiz holga keladi.

Foto: Instagram

Tibbiy preparatlar

Dori ishlab chiqaruvchilar dori-darmonlarni saqlashning maksimal haroratini ko‘rsatishlari bekorga emas va u kamdan kam hollarda 25 darajadan oshadi. Issiqda dorilar eng kamida foydali xususiyatlarini yo‘qotadi va ulardan foydalanish xavfli bo‘lishi mumkin.

Mashinangizda saqlanadigan dorilarga ishonmang. Katta ehtimol bilan ular yaroqsiz holga kelgan.

Gadjetlar

Litiy-ion batareyasi bilan ishlaydigan gadjetlar (masalan, kameralarning ba’zi modellari) soatli bombadir. Yuqori haroratda portlashi mumkin. Qaysi vaqtda bu sodir bo‘lishi noma’lum, shuning uchun uni xavf ostiga qo‘ymagan ma’qul.

Foto: “Noviy ochag”

Aerozollar

Mutaxassislarning ba’zilariga ko‘ra, siqilgan havo idishi mashinadagi harorat 48 darajaga yetganda portlashi mumkin.

Bank kartasi

To‘g‘ridan to‘g‘ri quyosh nurida qoldirilgan yupqa plastmassadan tayyorlangan bank kartasi eriy boshlaydi. Natijada yaroqsiz holga kelib, bir qator muammolarga sabab bo‘lishi mumkin.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Jazirama kunlarda mashinada qoldirib bo‘lmaydigan buyumlar