Foto: Shutterstock/Fotodom.ru
Mandarin — qish va yangi yilning anʼanaviy ramzi hisoblanadi. Oldinlari bayram arafasidagina bir-ikki dona bo‘lardi. Endi esa butun yil davomida kilogrammlab isteʼmol qilish mumkin. Lekin har doim ham me’yoridan ko‘p iste’mol qilish tavsiya etilmaydi.
Mandarin ko‘p isteʼmol qilish qanday oqibatlarga olib keladi?
- Shakar miqdori ko‘pligi glyukozaning ortishiga sabab bo‘ladi va charchoq, holsizlikka olib keladi. Bu qandli diabetning rivojlanish xavfini oshiradi;
- Qorin dam bo‘lishi;
- Allergik reaksiyalar paydo bo‘ladi. Sitrus mevalar ko‘p isteʼmol qilinsa, tanada qichishish, qizarishlar paydo bo‘lishi mumkin;
- Oshqozon-ichak kasalliklari ko‘paymoqda. Hazm qilish bilan muammosi bor insonlar, gastrit va yondosh kasalliklar bilan kasallanganlar meva tarkibida katta miqdorda kislota mavjudligi sababli, ko‘p mandarin isteʼmol qilmasliklari kerak;
- Vazn ortishi. Albatta, bir-ikki dona bilan hech narsa o‘zgarmaydi, lekin muntazam ravishda isteʼmol qilinsa, tanada shakar miqdorining oshishi sabab vazn ortadi.
Mandarinni to‘g‘ri isteʼmol qilish:
- mevalarni odatda ovqatdan yarim soat oldin yoki ovqatlanib bo‘lgandan keyin ikki soat o‘tib isteʼmol qilish tavsiya etiladi;
- kuning birinchi yarmida. Bu vazn va kislota darajasining oshishi bilan bog‘liq. Uxlashdan oldin mandarin isteʼmol qilish natijasida ko‘ngil aynish holati bo‘lishi ham mumkin;
- bir vaqtning o‘zida 3-4 tadan ko‘p mandarin isteʼmol qilmaslik kerak. Kunlik ratsionda mevalar bo‘lgani yaxshi, lekin birinchi galda xilma-xillik;
- och qoringa isteʼmol qilmaslik. Surunkali oshqozon-ichak kasalliklari kuchayishi mumkin.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
AQSHda 10 yoshli bola politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, matematikadan uy vazifasini bajarishda yordam so‘radi
Taksi haydovchilari litsenziyasi narxi ikki barobarga qimmatlashdi
Fransiyadagi muzeydan qiymati 7 mln yevrolik zargarlik buyumlari o‘g‘irlab ketildi