Foto: Shutterstock.com
Sovuq tushishi bilan uy derazalarida bug‘lanish holatlari kuzatiladi. Deraza oynalarida suv tomchilari to‘planib, albatta, ular deraza tokchasiga tushadi. Bu esa ertami-kechmi mog‘orlashga olib kelishi mumkin.
Nima uchun oynada suv yig‘iladi?
Bularning barchasi derazalar tashqi tomondan sovishi, xonadagi harorat va namlik bilan bog‘liq. Namlik yuqori bo‘lib, deraza yetarlicha izolyatsiyalanmasa, namlik kondensatsiya sifatida oynada paydo bo‘ladi. Bu jarayonni muzlatkichdan olingan banka yoki idishni namlik qoplagani va o‘zidan kondensat qoldirishi bilan taqqoslash mumkin. Derazalarning isish darajasi past bo‘lishi va xona ichidagi namlik baland bo‘lishi, derazalarda suv yig‘ilishi xavfini oshiradi.
Kondensatsiya bilan qanday kurashish mumkin?
Eng oson yo‘li xona haroratini mo‘tadillashtirishdir. Isitish tizimini yanada kuchaytiring. shuningdek, iliq havoni to‘sib qo‘yadigan tokchadagi gullar va pardalardan imkon qadar voz kechish kerak.
Foto: Shutterstock.com
Namlikni kamaytirish
Agar havo namligini o‘lchaydigan qurilmangiz bo‘lsa, 40-60% normal hisoblanadi. Bu ko‘rsatkich bilan oynalardan suv yig‘ilishi xavfi minimallashadi. Kamroq namlik quruq havoga olib keladi, lekin nafas yo‘llari uchun noqulay bo‘lishi mumkin.
Qishda namlik darajasini kamaytirishning eng oson usuli — o‘z vaqtida xonani shamollatishdir. Salqin havo oynada suv yig‘ilishiga qarshi kurashda yordam beradi. Lekin bu usul yashovchilar uchun har doim ham qulay bo‘lmasligi mumkin. Qiya ochilgan darchalar orqali “qishki” shamollatishdan biror naf chiqish dargumon. Derazalarni keng ochish esa yelvizakdan kasallanish xavfini oshiruvchi katta tavakkal.
Shuning uchun xonadonning qanday isitilishiga va deraza romlaridan issiq havo kirishiga e’tibor qaratgan ma’qul. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
BAAda isroillik rohibning o‘limida gumonlanayotgan o‘zbekistonliklar ushlandi
Ro‘ziqul Burdiyev: "Chempionatda hech qanday maqsad qolmagan"
Devorga yopishtirilgan bananni 6,2 mln dollarga sotib olgan odam uni yemoqchi