16:07 / 15.09.2016
24 292

Burjga qarab kelin tanlang!

Burjga qarab kelin tanlang!

— Kelinimizning tug‘ilgan kuni qachon? — bo‘lajak qaynonamning savoli onamni biroz dovdiratib qo‘ydi.

— 31 dekabr, hali ancha bor.

— Demak, o‘g‘lim bilan ham, men bilan ham, bo‘lajak qaynopasi bilan ham chiqishadi. Faqat shu ovsini bilan til topisha olmasa kerak, — qaynonamning bu gapini eshitgan onamning ahvolini tasavvur qilavering.

Buni qarangki, qaynonamning «bashorat»lari amalga oshdi. Endi bilsam, o‘shanda qaynonam burjimni bilish uchun tug‘ilgan kunimni so‘ragan va shunga ko‘ra xulosa chiqargan ekan.

Burjlar mutanosibligi

Hamal qattiq, ammo shu bilan birga oson sevib qoladi. U Mezon, Qavs, Asad burj vakilalari bilan til topishishi oson. Saraton, Aqrab, Hut, Savr burji vakilalaridan uzoq bo‘lganlari ma’qul.

Savrga Aqrab va Asad burji vakilalari to‘g‘ri kelmaydi. O‘z burj vakilalari bilan ishda til topishishi oson, lekin sevgida esa aksi. Hut yoki sokin tabiatli Hamal bilan oila rishtalari baquvvat bo‘ladi.

Javzo o‘z burji vakilalari bilan baxtli ham, baxtsiz ham bo‘lishlari mumkin, faqat ularni bog‘lab turgan kuchli hissiyotni oddiy sevgi deb bo‘lmaydi. Hamal bilan bir-birini bog‘lab turuvchi qiziqish oila mustahkamligini ta’minlaydi. Dalv bilan bog‘lovchi hissiyotlar kuchli, biroq oila uchun etarli emas. Jadiy uchun esa Javzo juda o‘zgaruvchan, Hut va Mezon bilan baxt topishlari uchun shubhalardan qutulishlari zarur. Javzo uchun eng mukammal juft – Savr.

Saraton Dalv va Hut bilan munosabatlarda rahbarlikni olsa mustahkam oila yuzaga keladi. Savr bilan hayotiy qarashlari o‘xshash. Sunbula va o‘z burji vakilasi bilan esa murosa qilishi amri mahol. Mezon esa Saratonning hayotini gullatib yuborishga qodir.

Aqlli Sunbula Asad bilan ittifoqda rahbarlikni o‘z qo‘liga olsa har ikkisi ham go‘zal umrguzaronlik qilishadi. Qavs Asadning xudbinligini yumshatadi, Hamal, Javzo, Mezon bilan qurilgan oila mustahkam bo‘ladi. Aqrab va Savrga esa yaqinlashmaganlari ma’qul. Hut esa Asadni o‘zining bekorchi orzulari va harakatsizligi bilan toliqtiradi.

Sunbula o‘z burj vakillari bilan do‘stlik va ish borasida omadli ittifoq tuza oladi, ammo oilaga oid hissiyotlarini romantik deb bo‘lmaydi. Saraton Sunbulani zeriktiradi, Dalv bilan bir-birini bog‘lovchi qiziqishlari ko‘p. Asad, Qavs bilan munosabatlari mustahkam.

Mezon uchun oilaning ilk yili qiyin kechishi mumkin. Javzo o‘zgaruvchan bo‘lsa, Mezon ko‘p ikkilanadi, munosabatlar uzoqqa cho‘zilmasligi mumkin. Hamal, Asad, Dalv bilan yaxshi ittifoq tuza oladi. Saraton va Jadiy bilan esa til topishib, ko‘ngliga yo‘l topishi amri mahol.

Aqrab — kuchli shaxsiyat. Saraton, Hut, Mezon, Sunbula bilan oilalari mustahkam bo‘lsa, Qavs va Asad burji vakilalari bilan bir-birini tushunishi qiyin kechadi. Aksar hollarda Aqrab burji vakillari boshqalarning gaplariga quloq tutishmaydi, chunki boshqalarning aql o‘rgatishlarini yoqtirishmaydi.

Ikki Qavsning hayoti sarguzashtlarga to‘la va qiziqarli kechadi. Shuningdek, Qavsga Hamal, Dalv burj vakilasi ham to‘g‘ri keladi. U Asadning qalbiga ham osonlikcha yo‘l topa oladi. Hut va Sunbula bilan esa, aksincha, ittifoqlari yaxshi bo‘lmasligi ehtimoli yuqori.

Jadiy deyarli hamma bilan til topishadi. Savr, Aqrab, Sunbula burji vakilalari bilan baxtli juftlik hosil qilishi ehtimoli yuqori. Javzo va Saraton bilan esa ittifoqlari baxtli bo‘lmasligi mumkin.

Dalv do‘stlik deya sevgini qurbon qilmasligi lozim. Muhabbat va oila uchun esa u Mezon, Asad, Hut, Qavs, Sunbula, Javzo burji vakilalarini qidirishlari lozim. Savr va Aqrab burji vakilalari bilan esa bir-birlarini tushunishlari mushkul.

Hut Sunbula, Savr, Saraton, Jadiy burji vakilalari bilan qurgan ittifoqlari baxtli bo‘lishi ehtimoli yuqori. Shuningdek, Aqrab burji vakillari Hut burjini so‘zsiz tushuna olish xususiyatiga ega. Mezon va Javzo burji bilan tabiatlari bir-biriga mos emas.

Muchallar mutanosibligi

• Sichqon Buqa bilan yaxshi chiqishadi, bir-birini qiyinchilikda qo‘llab-quvvatlaydi. Sichqon bilan Ot har ikkisi ham xudbin, ular o‘rtasidagi do‘stlikdan ham, sevgidan ham biror yaxshi narsa chiqishi mushkul.

• Yo‘lbars va Tung‘iz bir tomondan erkin va sabrli. Yo‘lbars Tung‘izni muhofaza qiladi. To‘ng‘iz ham bunga o‘z vafodorligi bilan javob beradi. Yo‘lbars Maymun bilan bir-biriga yon bosishni bilishmaydi, bir-birining ustida kuladi, shu sababli munosabatlari darz ketishi ehtimoli baland.

• Vafodor It o‘zini Quyonning yonida yaxshi his qiladi. Munosabatlarda har ikki tomon ham mehnat sarf qiladi va ularning munosabatlari samimiyat ustiga quriladi.

• Xo‘rozning hadeb Quyonni tergayverishi oqibatida Quyonboy tezda uning yonidan juftakni rostlaydi. Bundan Xo‘roz qattiq qayg‘urmaydi, Quyonga nisbatan muhabbati tezda so‘nadi.

• Baliqning kuch va quvvati Xo‘rozni hayratda qoldiradi, har ikkisi ham xudbinliklarini unutsalar, mukammal ittifoq tuza oladilar. Baliq It bilan kelisholmaydi, ular hatto oddiy suhbatda ham bir-birini asab tolalarini tortqilamasdan turolmaydi.

• Ilon va Maymun har ikkisi ham aqlli, ular uchun raqobatlashish ham ayricha zavq baxsh etadi. Ilon bilan Tung‘iz hissiyotchan bo‘lishiga qaramay bir-biri bilan til topishi anchayin mushkul.

Ot va Quy bir-birini har tomonlama to‘ldirish xususiyatiga ega. Ular bir-birini so‘zsiz tushuna oladi va hatto bir xil narsadan zavqlanib, bir xil narsani yoqtirishmaydi.

Manba: darakchi.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Burjga qarab kelin tanlang!