1. Homilador ayollar kundalik ovqatlanish rasioniga tvorogni kiritishlari shartli qoidalardan biridir. Nonushtaga eyilgan 200 gramm yog‘siz tvorog farzand kutayotgan ayol organizmini kalsiy va boshqa zarur moddalar bilan ta’minlaydi.
2. O‘g‘il farzand ko‘rishni istagan ayollarga ham ko‘proq tvorog, sut-qatiq iste’mol qilish buyuriladi.
3. Go‘dakning 6-7 oyligidan boshlab, oz-ozdan tvorog berib borish mumkin. Avvaliga 1-2 osh qoshiqdan keyin miqdorini ko‘paytirasiz.
4. Ateroskleroz, gipertoniya va jigar xastaliklari bilan og‘rigan bemorlarga buyurilgan parhezda yog‘siz tvorog bo‘ladi.
5. Oshqozon va o‘n ikki barmoqli ichak yarasi, gastrit kasalliklarida ertalab tvorog iste’mol qilish foydali.
6. Suyak sinishlari, lat eyish, turli xildagi jarohatlarda sut-qatiq bilan birga tvorog iste’mol qilish ham asqotadi.
7. Yirik donli tvorog qandli diabet, yurak xastaliklariga chalingan bemorlar uchun tavsiya etiladi. Tvorogning bu turi mayin bo‘lib, uzoqroq saqlanishi mumkin.
8. Asabiy, jizzaki va surunkali charchoq alomatlaridan shikoyat qilayotgan bo‘lsangiz, ko‘proq tvorog eng. Tarkibidagi foydali birikmalar asab tizimini tinchlantiradi.
9. Bolalardagi tomoq og‘rig‘ida quruq tvorogni ozroq asal bilan aralashtirib, iste’mol qilish foydali. Bronxlarni yumshatadi.
10. Yog‘li tvorogni quruq yuz terisi uchun niqob o‘rnida ishlatish mumkin. Quruq tvorogga esa ozroq o‘simlik yog‘ini aralashtirib, yuzingizga surtsangiz, terini yumshatadi.
11. Xarid qilingan tvorogning saqlanish muddati 2 kundan ko‘p bo‘lmaydi. Suvi ajralib, achimtir maza sezila boshlasa, aslo foydalanmang. Aks holda ichak tayoqchalari hosil bo‘lishi mumkin.
12. Uzoq umr ko‘rishni istasangiz, tvorogni kanda qilmang. Smetana bilan aralashtirsangiz ham shakar miqdorini oshirmang. Shirasi qanchalik ko‘p bo‘lsa, foydali xususiyati shunchalik kamayib boradi.
Manba: darakchi.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
“Roma”: Argentinalik yulduz Shomurodovdan zo‘r emas!
Ukraina bir qator shaxslarga berilgan davlat mukofotlarini bekor qildi