10:41 / 24.09.2016
138 132

Burjlar bo‘yicha mutanosibmisiz?

Burjlar bo‘yicha mutanosibmisiz?

QO‘Y+QO‘Y — bu ittifoq xuddi porox to‘ldirilgan bochkani eslatadi.

QO‘Y+BUZOQ — doimiy kelishmovchiliklar bo‘lsa-da, biroq o‘zaro ijodiy yoki ish bo‘yicha dasturlar ularni birga qolishlariga yordam beradi.

QO‘Y+EGIZAKLAR — bu nikoh xuddi sarguzasht romanga o‘xshaydi. Vaqt o‘tishi bilan ularning ikkalovi ham o‘zaro munosabatlar uyg‘unligiga erishishadi.

QO‘Y+QISQIChBAQA — og‘ir ittifoq: ilk yaxshi munosabatlar yakuniga etib, ular orasida janjalli vaziyatlar yuzaga keladi.

QO‘Y+ARSLON — og‘ir, lekin ijodiy va yorqin ittifoq. Umuman olganda, ular haqda: ”Ular uzoq baxtli yashab, bir kunda vafot etishdi”, deyish mumkin.

QO‘Y+PARIZOD — ularning bir-biriga mutlaqo o‘xshamasligi tez orada aloqalar uzilishiga olib keladi.

QO‘Y+TAROZI — qarama-qarshilikl arning kuchli o‘zaro ta’siri, bir-birini ajoyib tarzda to‘ldirish.

QO‘Y+ChAYoN — ularni hissiy munosabatlar bog‘lab turadi, lekin maishiy hayotni yaxshi, deb bo‘lmaydi.

QO‘Y+O‘QOTAR — agar ushbu burj vakillari yaxshi tarbiya topgan bo‘lishsa, qiziqqonlik o‘zaro janjalga o‘tmaydi.

QO‘Y+TOG‘ EChKISI — o‘zaro yolg‘izlik.

QO‘Y+QOVG‘A — mukammal juftlik: tabiati juda jonsarak bo‘lgan Qo‘ylarga o‘zgarishlarga doim tayyor Qovg‘alar yoqadi.

QO‘Y+BALIQ — g‘alati, og‘ir, lekin ko‘p uchraydigan nikoh. U biron bir g‘oyada ushlab turilishi mumkin.

BUZOQ+BUZOQ — ikkaloviyam qaysarlarning qaysari bo‘lishsa-da, o‘zgarishlar bo‘lishidan qo‘rqishgani bois ajralishmaydi.

BUZOQ+EGIZAKLAR — og‘ir, ziddiyatlarga to‘la nikoh, lekin u ko‘p uchraydi. Ular orasidagi eng og‘ir muammo bu, rashkdir.

BUZOQ+QISQIChBAQA — munosabatlardagi muvozanat.

BUZOQ+ARSLON — muhabbat va tuyg‘ular ittifoqi, lekin u ham yillar o‘tishi bilan o‘z yakuniga etishi mumkin.

BUZOQ+PARIZOD — baxtli oilaviy hayot

BUZOQ+TAROZI — ularni faqatgina bir xil ish va jamiyatdagi o‘rinlari birga ushlab turishi mumkin, lekin o‘zaro ginalari hech qachon yakuniga etmaydi.

BUZOQ+ChAYoN — ular bir-birlarini to‘ldirishadi, serhissiyotlilik yuraklarini qamrab oladi. Lekin bu holat uzoqqa cho‘zilmaydi. Bu kabi nikohlar kam uchraydi.

BUZOQ+O‘QOTAR — o‘zaro mutanosiblikka erishishlari qiyin. Faqatgina hisob-kitobli nikoh ular orasidagi munosabatni saqlab qolishi mumkin.

BUZOQ+TOG‘ EChKISI — juda omadli nikoh: ularni qiziqishlar umumiyligi bog‘lab turadi.

BUZOQ+QOVG‘A — bir-birlariga umuman to‘g‘ri kelishmaydi. Nikohda ularni dam o‘zaro iliqlik, dam sovuqlik kutadi.

BUZOQ+BALIQ — tashqaridan hammasi yaxshidek ko‘rinadi, lekin serhissiyot Baliqni Buzoqning qo‘polligi xafa qiladi.

EGIZAKLAR+EGIZAK LAR — bu nikoh o‘zaro do‘stlik negiziga quriladi, lekin u hamisha ham baxt beravermaydi.

EGIZAKLAR+QISQICh BAQA — o‘rtada o‘zaro yengillik va munosabatlar erkinligi bo‘lsagina, amalga oshadigan nikohdir.

QISQIChBAQA+ARSLO N — do‘stlik hissi nikoh bilan mustahkamlanadi.

QISQIChBAQA+PARIZ OD — faqatgina ular orasida umumiy qiziqishlar va yon berishlar bo‘lsagina, bu nikoh mustahkam bo‘la oladi.

QISQIChBAQA+TAROZ I — o‘zaro mutanosiblik va tartiblilik, umumiy ish va qiziqishlar ular nikohining mustahkamligini ta’minlaydi.

QISQIChBAQA+ChAYoN — bu nikoh juda ko‘p uchrasa-da, lekin uni yengil deb bo‘lmaydi. Unda bosh rolni Egizaklar o‘ynashadi.

EGIZAKLAR+O‘QOTAR — hisob-kitobli nikoh: u yakuniga etmasligi uchun doimiy ravishda yangilanish talab etiladi, ya’ni sayohatga, mehmonga borish.

EGIZAKLAR+TOG‘ EChKISI — bu oila oxir-oqibat tanazzulga yuz tutadi.

EGIZAKLAR+QOVG‘A — garchi ular orasida janjallar va kelishmovchiliklar ko‘p bo‘lib tursa-da, umuman olganda, omadli nikoh.

EGIZAKLAR-BALIQ — bu nikoh uzoqqa cho‘zilmaydi, chunki Baliqlar o‘zgaruvchanlikni hazm qila olishmaydi.

QISQIChBAQA+QISQI ChBAQA — bu nikoh xuddi jo‘shib oqayotgan soyga monanddir — hissiyotlar jumbushi, ko‘z yoshi, janjallar, kechirish.

QISQIChBAQA+ARSLO N — bu sirli, muhabbatga to‘la va qiziqarli ittifoqdir, lekin u nikoh uchun emas.

QISQIChBAQA+PARIZ OD — bir tekis kechadigan yaxshi munosabatlar. Parizodlar asabiy va o‘zgaruvchan Qisqichbaqalarnin g qaysarliklarini tushunib kechira olishadi. Qisqichbaqalarga Parizodlarning muqimligi, Parizodlarga esa Qisqichbaqalarnin g serhissiyotliligi va nozikta’bligi yoqadi.

QISQIChBAQA+TAROZ I — ular moddiy to‘kin-sochinlik va jamiyatdagi mavqe bo‘lsagina, oilani saqlab qolish mumkin. Biroq bu ikki juftlik orasida ko‘zga tashlanmas masofa mavjud – men — bu menman, sen esa — bu sensan.

QISQIChBAQA+ChAYoN — ularni o‘zaro qiziqishlar bog‘lab turadi, lekin bir-birlari bilan umuman birga yashay olishmaydi.

QISQIChBAQA+O‘QOTA R — yorqin, ko‘pqirrali, xuddi soxta brilliantga monand yolg‘onlarga to‘la nikoh, u ham juda ko‘p uchraydi.

QISQIChBAQA+TOG‘ EChKISI — uzoq davom etadigan kelishmovchiliklar , o‘zaro tortishish kuchi, keyin ular bir-birlaridan bezor bo‘lishadi, oxir-oqibat bu nikoh ham tanazzulga yuz tutadi.

QISQIChBAQA+QOVG‘A — ular bir-birlariga intilishsa-da, ko‘p o‘tmay bezor bo‘lib, ikki tarafga qochishga tutinishadi.

QISQIChBAQA+BALIQ — ularning o‘zaro hayoti oson bo‘lmay, partnyorlardan biridan o‘zini qurbon qilishini talab etadi. Shundagina o‘zaro baxtga erishish mumkin.

ARSLON+ARSLON — bu nikohni omadli, deyish mumkin. Odatda, bu nikohdan yorqin ijodkor shaxslar tug‘ilishadi.

ARSLON+PARIZOD — o‘zaro tushunmovchilik va begonalik. Faqatgina ular orasida ijodiy qiziqish bo‘lsagina, uchqundan olov chiqishi mumkin.

ARSLON+TAROZI — muvozanat, mutanosiblik. Tarozilar Arslon uchun eng maqbul juftlik.

ARSLON+ChAYoN — telbalarcha serhissiyotlilik, lekin bunday kuchli quvvat ostida yashash osonmas.

ARSLON+O‘QOTAR — ularning ikkalovi ham sarguzashtlarni yoqtirishadi, birgalashib amalga oshmaydiganni ham hayotga tadbiq eta olishadi.

ARSLON+TOG‘ EChKISI — og‘ir nikoh. Tog‘ echkisi Arslonning va’dalariga aldanadi. Arslon esa Tog‘ echkisining to‘g‘riso‘zliligida n charchaydi.

ARSLON+QOVG‘A — ularni o‘zaro tortishish kuchi bog‘laydi, lekin bu uzoqqa cho‘zilmaydi. Keyinroq ular bir-birlariga tamoman qarama-qarshi ekanliklarini tushunib, ajralishadi.

ARSLON+BALIQ — fojiaviy muhabbat, u faqatgina Arslonlar o‘zliklariga qarshi borib, Baliq orqasidan o‘ylamay ketsagina, amalga oshishi mumkin bo‘lgan nikohdir.

PARIZOD+PARIZOD — ko‘pincha u omadli va baxtli ittifoqdir.

PARIZOD+TAROZI — ular bir-birlarida yo‘q fazilatlarni to‘ldirishadi va nikoh juda omadli kechadi.

PARIZOD+ChAYoN — ikkala burjdagi kuchli sifatlar tufayligina ular baxtli bo‘la olishlari mumkin.

PARIZOD+O‘QOTAR — ularni o‘xshash qiziqishlar va xizmat sohasi bog‘lab turadi.

PARIZOD+TOG‘ EChKISI — mustahkamlik va bosiqlik. Ularning ikkalovi ham hayotga teran boqishadi.

PARIZOD+QOVG‘A — Bu nikohga faqatgina Parizod toqat qilolmasligi mumkin.

PARIZOD+BALIQ — ular dunyoni turlicha qabul qilishadi, shu bois ham oilaviy hayotda qiynalishadi.

TAROZI+TAROZI — faqatgina bu ikki burj vakili turli turga mansub bo‘lishsagina, nikoh baxtli bo‘lishi mumkin.

TAROZI+ChAYoN — munosabatlardagi mutanosiblik.

TAROZI+TOG‘ EChKISI — ular muhabbatdan tashqari hamma borada umumiy til topisha olishadi.

TAROZI+QOVG‘A — omadli nikoh. Ular o‘zaro ijodiy, yaxshi g‘oyalar tuzishadi.

TAROZI+BALIQ — ular barcha munosabatlarni qat’iy bir qoliplarga solishadi.

ChAYoN+ChAYoN — ular bir-biri bilan sig‘ishmaydi, bir-birisiz zerikishadi.

ChAYoN+O‘QOTAR — maslakdosh er-xotin

ChAYoN+TOG‘ EChKISI — ularning muhabbati odatda, abadiy bo‘ladi.

ChAYoN+QOVG‘A — o‘zgacha, hech kimnikiga o‘xshamaydigan muhabbat.

ChAYoN-BALIQ — ular hamma borada bir-birlariga munosib, lekin Chayonlarning fe’l-atvori og‘ir bo‘lgani uchun ham Baliqlar ko‘pincha ketib qolishadi.

O‘QOTAR+O‘QOTAR — obro‘ uchun kurash.

O‘QOTAR+TOG‘ EChKISI — bu xuddi ichki qonuniyatlarning jamiyat qoidalari bilan uyqashtirilishiga o‘xshab ketadi.

O‘QOTAR+QOVG‘A — do‘stlik, o‘zaro ishonch hissi, bu nikoh yillar o‘tgani sayin mustahkamlanib boraveradi.

O‘QOTAR+BALIQ — agar er-xotin bir-birlarini tushuna olishsa, nikoh mustahkam bo‘ladi. Aks holda oilada janjalli vaziyatlar ko‘p yuzaga keladi.

TOG‘ EChKISI+TOG‘ EChKISI — ular qaysarlik borasida bir-birlaridan o‘ta olishmaydi va oqibatda chetdan o‘zlariga kerak yupanch izlashadi.

TOG‘ EChKISI+QOVG‘A — ular toki o‘zlarini yolg‘iz his qilisharkan, bir-birlarining visoliga oshiqaverishadi.

TOG‘ EChKISI-BALIQ — kuchli muhabbat. Bu ikki idealistga dunyoning barcha go‘zalliklari ochiqdir.

QOVG‘A+QOVG‘A — oilada o‘zaro do‘stlik va teng huquqlilik bo‘lsagina, bu nikoh uzoqqa cho‘zilishi mumkin.

QOVG‘A+BALIQ — sirli suratlar real hayotning zerikarli suratlariga almashib qolishi mumkin.

BALIQ+BALIQ — bu nikohda g‘irromlik qilish ketmaydi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Burjlar bo‘yicha mutanosibmisiz?