11:21 / 12.03.2025
1 453

Eng yomon nonushta mahsulotlari ma’lum qilindi – ular kun davomida energiyani olib qo‘yadi

Eng yomon nonushta mahsulotlari ma’lum qilindi – ular kun davomida energiyani olib qo‘yadi
Nonushta kunning eng muhim ovqatlanish vaqti hisoblanadi. Chunki ertalab iste’mol qilingan ovqat sifati insonning butun kuni qanday o‘tishini belgilaydi, xususan, u o‘zini qay darajada sergak his qiladi.

Biroq, shunday mahsulotlar borki, ular nonushta uchun foydali bo‘lib ko‘rinsa-da, aslida kun davomida insondan energiyani olib qo‘yadi. Bu haqda ovqatlanish bo‘yicha ekspert Eshli Tosh ma’lum qildi.

Mutaxassisning ta’kidlashicha, nonushta uchun mahsulot tanlashda juda ehtiyotkor bo‘lish lozim. Uning so‘zlarini Britaniyaning Daily Express nashri keltirgan.

Ko‘p odamlar ertalab ko‘p yog‘, shakar va rafinatsiya qilingan uglevodlar miqdori yuqori bo‘lgan mahsulotlarni iste’mol qilishga odatlangan. Bu esa katta xato, deydi ekspert.

Bunday ovqatlanish natijasida qonda shakar miqdori kun davomida keskin o‘zgarib turadi, bu esa asabiylik, charchoq va diqqatni jamlashda qiyinchiliklarga olib keladi.

Eshli Toshning aytishicha, bu kabi zararli mahsulotlar qatoriga donli yormalar va oq undan tayyorlangan tostlar kiradi. Shu bilan birga, mutaxassis pishiriqlar (bulochkalar) nonushta uchun to‘g‘ri kelishi mumkinligini ta’kidladi, biroq ularga kletchatka va oqsil qo‘shish shart.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Foydali