Turkiyada bir qator taniqli san’atkorlar giyohvandlikka oid tergov doirasida qo‘lga olindi

Madaniyat1 daqiqa o'qish4
Turkiyada bir qator taniqli san’atkorlar giyohvandlikka oid tergov doirasida qo‘lga olindi

Turkiyaning Istanbul shahrida mashhur san’atkorlar ishtirokidagi giyohvandlikka oid tergov doirasida 24 nafar shaxs qo‘lga olindi. Ular orasida “Ishkomli uy”, “Qizil g‘unchalar” kabi bir qator seriallar orqali tanish bo‘lgan aktyor va xonanda O‘zjan Deniz, «Muhtasham yuz yil» serialida Shoh Sulton obrazini gavdalantirgan Deniz Chakir hamda aktrisa Burju O‘zberk bor. Bu haqda TRT Haber ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, Istanbul Bosh prokuraturasi tomonidan olib borilayotgan tergov doirasida jami 35 nafar shaxsni qo‘lga olish bo‘yicha qaror chiqarilgan. Ular giyohvandlik vositalarini iste’mol qilish yoki saqlashda gumon qilinmoqda. Operatsiya davomida 24 nafar shaxs ushlangan, qolgan gumonlanuvchilarni aniqlash va qo‘lga olish choralari davom ettirilgan.

Tergov fohishalik, giyohvandlik yoki psixotrop moddalar savdosi, ularni yetkazib berish, shuningdek, iste’mol qilish va saqlash bilan bog‘liq holatlarni qamrab olgan. Prokuratura ma’lumotiga ko‘ra, ish doirasida gumonlanuvchilarning ko‘rsatmalari, guvohlarning bayonotlari, olib qo‘yilgan telefonlar va raqamli materiallar ekspertizasi hamda maxfiy guvohlar ma’lumotlari o‘rganilgan.

Hozircha O‘zjan Deniz, Deniz Chakir va Burju O‘zberkka nisbatan bildirilgan gumonlarning alohida tafsilotlari oshkor etilmagan. Shu bois ularning aybdorligi haqida xulosa chiqarishga asos yo‘q. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Polis xodimlari bir necha gumonlanuvchini binodan olib chiqishmoqda.

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?