Oyoq mushaklari nega kechasi to‘satdan tortishib qoladi?

Salomatlik2 daqiqa o'qish23
Oyoq mushaklari nega kechasi to‘satdan tortishib qoladi?
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Tungi uyqu vaqtida oyoq mushaklarining to‘satdan tortishishi ko‘pincha boldir qismida kuzatilib, bir necha soniyadan 10 daqiqagacha davom etishi mumkin.
  • Bu holatga mushaklarning haddan tashqari zo‘riqishi, organizmda suyuqlik yetishmasligi, homiladorlik, yosh o‘tishi yoki ayrim kasalliklar sabab bo‘lishi mumkin.
  • Og‘riqni yengillashtirish uchun mushaklarni ehtiyotkorlik bilan cho‘zish, massaj qilish va oyoq panjasini o‘z tomon tortish tavsiya etiladi.

Kechasi uyqu paytida oyoq mushaklarining to‘satdan tortishib, qattiq og‘riq berishi ko‘pchilikka tanish holat. Bunday tirishish odatda boldir mushaklarida kuzatiladi, ba’zan esa oyoq panjasi yoki son mushaklariga ham ta’sir qiladi. Holat ko‘pincha bir necha soniyadan 10 daqiqagacha davom etadi. Aksariyat hollarda u xavfli emas, ammo tez-tez takrorlanishi yoki boshqa alomatlar bilan birga kelishi jiddiy muammolardan darak berishi mumkin.

Tunda oyoq nima uchun tirishadi?

Tungi mushak tirishishining aniq sababi har doim ham ma’lum bo‘lmaydi. Biroq kun davomida mushaklarga ortiqcha yuk tushishi, uzoq vaqt o‘tirib qolish, ko‘p tik turish va jismoniy mashqlardan keyingi zo‘riqish bunday holatga sabab bo‘lishi mumkin.

Bundan tashqari, organizmda suyuqlik yetishmasligi, homiladorlik, yosh o‘tishi va ayrim dorilarni qabul qilish ham oyoq mushaklari tirishishi ehtimolini oshiradi. Ba’zi hollarda buyrak faoliyatidagi muammolar, diabet bilan bog‘liq asab shikastlanishi yoki qon aylanishining buzilishi ham tungi tirishishga olib kelishi mumkin.

Qachon shifokorga murojaat qilish kerak?

Odatda qisqa muddatli tirishish xavfli hisoblanmaydi. Ammo quyidagi holatlarda tibbiy ko‘rikdan o‘tish kerak:

• tirishish tez-tez takrorlanib, uyquga xalaqit bersa;
• og‘riq 10 daqiqadan ortiq davom etsa;
• oyoqda uvishish yoki shish paydo bo‘lsa;
• mushaklarda kuchsizlik sezilsa yoki ular hajmi kichraysa;
• tirishish juda kuchli bo‘lib, oddiy choralar bilan bosilmasa.

Agar mushak tirishishi uzoq davom etsa yoki zaharli kimyoviy moddalar bilan aloqadan keyin boshlansa, zudlik bilan tibbiy yordam olish zarur.

Og‘riqni qanday yengillashtirish mumkin?

Oyoq mushagi tirishganda uni ehtiyotkorlik bilan cho‘zish va massaj qilish og‘riqni kamaytirishi mumkin. Oyoqqa turib, tana og‘irligini tirishgan oyoqqa o‘tkazish ham yordam beradi. Boldir mushagi tortishganda oyoq panjasini o‘zingiz tomon tortish tavsiya etiladi.

Tirishi takrorlanmasligi uchun kun davomida yetarli miqdorda suv ichish, uxlashdan oldin boldir mushaklarini cho‘zish va jismoniy faollikni me’yorlashtirish foydali bo‘lishi mumkin. Uxlashdan oldin bir necha daqiqa yengil mashq qilish ham tavsiya etiladi.

Agar tirishish muntazam kuzatilsa, uni faqat charchoq yoki suvsizlanish bilan bog‘lab qo‘ymaslik kerak. Sababini aniqlash uchun shifokor ko‘rigidan o‘tish muhim.

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?