Toshkent hayvonot bog‘idagi sevimli orangutan Sezar og‘ir kasallikka chalindi

Jamiyat1 daqiqa o'qish2
Toshkent hayvonot bog‘idagi sevimli orangutan Sezar og‘ir kasallikka chalindi

Toshkent hayvonot bog‘ining ko‘pchilikka tanish va mehrini qozongan orangutani Sezarga suyak to‘qimasining xavfli o‘smasi — osteosarkoma tashxisi qo‘yildi. Hayvonot bog‘i ma’muriyati xabariga ko‘ra, tashxis mahalliy mutaxassislar tomonidan aniqlangan, xorijiy hamkasblar bilan o‘tkazilgan maslahatlashuvlarda ham tasdiqlangan.

Hayvonot bog‘i bosh veterinariya shifokori Mahmud Qo‘ziboyevning ma’lum qilishicha, Sezarga ushbu tashxis bir yildan sal ko‘proq vaqt oldin qo‘yilgan. Ayni paytda uning ahvoli qoniqarsiz. Mutaxassislar zarur muolajalarni davom ettirmoqda, biroq osteosarkoma davolash qiyin bo‘lgan xavfli kasallik hisoblanadi.

Sezarning kasalligi hayvonot bog‘i jamoasi uchun ham og‘ir sinov bo‘ldi. Ayniqsa, uni bolaligidan parvarishlab, voyaga yetkazgan Mashhura opa uchun bu xabarni qabul qilish oson emas. U orangutanni boqib katta qilgan, kasal bo‘lgan paytlarida ham yonidan ketmay, tunlarni bedor o‘tkazgan. Bosh veterinar Mahmud Qo‘ziboyev va boshqa xodimlar ham ko‘p yillardan beri Sezarning parvarishi bilan shug‘ullanib keladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Sezar 2019 yilda hali bolaligida Toshkent hayvonot bog‘iga olib kelingan. U O‘zbekistondan Qozog‘istonga noqonuniy olib chiqib ketilmoqchi bo‘lganida, bojxona xodimlari tomonidan Zangiota tumanida aniqlangan va hayvonot bog‘iga topshirilgan. Hozir u bog‘dagi yagona orangutan hisoblanadi.

Hayvonot bog‘i mutaxassislari Sezarning salomatligi yuzasidan xalqaro Orangutanlarni himoya qilish jamg‘armasi, shuningdek, Moskva va London hayvonot bog‘lari bilan ham maslahatlashib kelmoqda. Ayni paytda uning o‘zi o‘rgangan muhitda qolishi, yonida tanish insonlar bo‘lishi va zarur parvarish bilan ta’minlanishiga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?