
Engilishga bo‘lgan moyillik, ayniqsa, g‘alabaga yaqin kuchayadi.
* * *
Sekinlashishdan emas, to‘xtashdan qo‘rq.
* * *
Xayotning ma’nosi yosh bo‘la turib, kechroq vafot etishdadir.
* * *
Agar sukunatni buzishga arzigulik gap ayta olmasang, yaxshisi jim o‘tir.
* * *
Kuchli inson yo‘lda uchraydigan ma’lum bir to‘siqlarni engga oladi, dono esa barchasini.
* * *
Uzoq masofaga yurish birinchi qadamdan boshlanadi.
* * *
Kulgu keltiradigan kulba, zerikarli saroydan qimmatlidir.
* * *
Ahmoqning erishgani ham ahmoqona bo‘ladi.
* * *
Agar sen qoqilib yiqilsang, bu yo‘lingdan adashding degani emas.
* * *
Hayotga doim yorqin tarafdan qara, agar yorug‘likni ko‘ra olmasang, unda qoralikni artib tashla, tokay yorug‘lik porlasin.
* * *
Nimadir sodir bo‘lsa, ayni vaqtida sodir bo‘ladi.
* * *
Kamchiliklaringni aytuvchi har doim ham dushmaning emas. Yutuqlaringni e’tirof etadigan har doim ham do‘sting emas.
* * *
Xotirjam qalb ila yasha. Vaqti kelib gullarning o‘zi qiyg‘os ochiladi.
* * *
Bilmasligingdan emas, o‘rganmayotganingdan qo‘rq.
* * *
Murabbiy eshikni ochib beradi, qolganiga o‘zing bor.
* * *
Shamol qanchalik g‘uvvillab, esmasin, tog‘ uning oldida savlat to‘kib turaveradi.
* * *
Kamchiliksiz do‘stning o‘zi yo‘q. Agar do‘stingni kamchiligini qidiradigan bo‘lsang, undan ayrilasan.
* * *
Fikrlaring tiniqlashadigan joy, o‘sha sening uyingdir.
* * *
Baxtsizlik qaysi eshik ochiq turgan bo‘lsa, o‘sha erdan kiradi.
* * *
Kim qizarishni bilsa, uning yuragi tozadir.
* * *
Ming kun soya bo‘lgandan ko‘ra, bir kungina odam bo‘l.
* * *
Tog‘ni joyidan qo‘zg‘atishni istasang, mayda toshlarni bir chetga surishdan boshla.
* * *
Xato qildingizmi, darrov kulib qo‘ying.
* * *
Ko‘chat ekish uchun eng yaxshi payt yigirma yil oldin o‘tib ketgan. Keyingi yaxshi payt — hozir.
* * *
Hech kim sayohatdan oldingidek bo‘lib qaytmaydi.
Manba: mulohaza.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar