14:12 / 24.11.2016
22 827

Tishlarni uy sharoitida oqartirishning 4 ta usuli

Tishlarni uy sharoitida oqartirishning 4 ta usuli

“Xitrosti jizni” nashri zararlangan emalni parvarish qilishda qo‘l keladigan vositalar ro‘yxatini keltirdi. Ammo shuni yodda tutingki, emalingiz yaxshi holatda bo‘lsa ham, hozirdanoq profilaktika bilan shug‘ullangan ma’qul. Ishonavering, tishlarni qimmatbaho dorilar va stomatolog kreslosida soatlab o‘tirishsiz ham oqartirish mumkin.

Osh sodasi

Osh sodasi pishiriqlarda va kirlangan yuzalarni tozalashda qo‘l kelish bilan birga, tishlarni ham oqartiradi. Buning uchun biroz sodani ichimlik suvi bilan aralashtiring, pasta holiga kelgach, tish cho‘tkasiga qo‘yib (yoki barmoqlar yordamida) tishga suring. Bir daqiqaga qoldiring, so‘ng og‘izni yaxshilab chayqab tashlang — ko‘proq vaqt qolib ketsa, soda emalni emirib tashlashi mumkin.

Mevalar po‘sti

Hozirgina banan yoki apelsin eb bo‘ldingizmi? Unda po‘stini saqlab qo‘ying: u magniy, kaliy va marganes kabi emalni yangilash xususiyatiga ega minerallarga boy. Bundan tish tozalashda foydalaning — maydalangan po‘stloqni tish pastasiga qo‘shib yuboring.

Olma sirkasi

Tishingizni ushbu suyuqlik bilan ishqalang va og‘izni yaxshilab chayqab tashlang. Ushbu jarayonni bir necha kun davomida takrorlasangiz, tishlaringiz yaraqlab ketishi turgan gap!

Qulupnay va tuzli skrab

Skrablardan nafaqat badan va yuz uchun foydalanish mumkin, qulupnay, tuz va osh sodasidan tayyorlangan skrab tishlaringizga ajoyib ta’sir o‘tkazadi.

Gap shundaki, qulupnay tarkibidagi S vitamini tishlarni sariq holatga keltiradigan qatlamni (nalyot) bartaraf qiladi. Undagi olma kislotasi esa tishlardagi dog‘larga qarshi kurashadi. Tuz jismoniy skrab sifatida ishlaydi, osh sodasining xususiyatlari haqida esa yuqorida aytib o‘tildi. Skrabni tish cho‘tkasiga ko‘proq qilib qo‘ying va tishlaringizni odatdagidek tozalang. Skrabni tishlaringizda besh daqiqaga qoldiring, so‘ng chayib tashlang.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Tishlarni uy sharoitida oqartirishning 4 ta usuli