15:17 / 24.11.2016
11 973

Jahlni engishning 7 ta xavfsiz usuli

Jahlni engishning 7 ta xavfsiz usuli

Jahl va g‘azab — hayotimizning ajralmas qismidir. Har birimizning hayotimizda jahlimizni qo‘zg‘atadigan kishi yoki holatlar paydo bo‘lishi mumkin. Jahl yengil g‘ijinish sifatida ham, kuchli agressiya ko‘rinishida ham namoyon bo‘lishi mumkin. Shuningdek, ba’zi kishilar g‘azablanishga boshqalarga nisbatan ko‘proq moyil bo‘lishi mumkin. Kimlardadir jahl chiqishi juda oson bo‘lsa, qolganlar xotirjamlikni saqlay oladi (yoki jahli chiqqanini ko‘rsatmaydi). Ta’kidlash kerak, ba’zan g‘azab jamoatchilikda normal tarzda faoliyat ko‘rsatishimizga to‘sqinlik qiladi. Uni qanday engish mumkin?

1) Tanaffus qiling
Eng yaqqol usullardan biri eng samaralilaridan biri hamdir. Bunga qo‘yiladigan birinchi qadam — jahlni, u sizni qamrab olishidan avvalroq sezishdir. “Qaynash”ni boshlaganingizni sezsangiz, bir daqiqalik tanaffus qiling, chuqurroq nafas oling, yoqimli narsalarni tasavvur qiling.

2) Kognitiv reabilitasiya bilan shug‘ullaning
Bu salbiy, umidsiz xayollarni ijobiy va realistiklari bilan almashtirish demakdir. Masalan, “hech narsani amallab eplay olmayapman!” deb o‘ylashning o‘rniga, “bu mening g‘ashimni keltiryapti, ammo hozir jahl menga yordam bermaydi”, — deb fikrlang. Tinchlantiruvchi nafas olish texnikasidan foydalanib, xayolaringizni bir joyga to‘plab oling.

3) Yozing
Fikrlaringizni ifodalash va agressiyani “ozodlikka chiqarib yuborish”ning juda yaxshi usullaridan biri — yozishni boshlash. Balki ayni paytda yozishga qo‘lingiz bormas, ammo nima his qilayotganingizni qog‘ozga tushirishga o‘rgansangiz, bu odat sizga ko‘p asqotishi mumkin. Yakuniy mahsulotni, istasangiz, yirtib tashlang! Asosiysi, barcha salbiy hissiyotlarni o‘z vaqtida “chiqarib tashlash” kerak.

4) Muloqot qiling
O‘z hissiyotlaringizni so‘z bilan ifoda qiling. O‘zingiz istagan gaplaringizni bayon qiling va boshqalarning gaplarini tinglang. Shu bilan birga, jahl sizni qamrab olishiga yo‘l qo‘ymang. Agar vaziyatni yaxshiroq tushunib olish uchun biroz vaqt sarflasangiz, natija qoniqarliroq va yoqimliroq bo‘ladi.

5) Yumor hissini ishga tushiring
Sodir bo‘layotgan narsalarning barchasini, o‘z hissiyotlaringiz va boshqalarning tuyg‘ularini kulgiga olish — yaxshi strategiya deb bo‘lmaydi, ammo ichingizda g‘azab qo‘zib kelayotgan vaqtda tasavvur qilish mumkin bo‘lgan eng tentaknamo va kulgili narsalarni xayolingizga keltiring. Bu biroz bo‘shashishga yordam beradi. Biroq kinoya va kesatiqlarga murojaat qila ko‘rmang, ular vaziyatni chuqurlashtirgani qoladi, xolos.

6) Jismoniy mashq bilan shug‘ullaning
Yugurishga yoki sayrga chiqing. Mashq qiling. Sizga boshqalarga “sochilishi” mumkin bo‘lgan ortiqcha energiyadan, shu bilan birga, ichki bezovtalikdan xalos bo‘lishga yordam beradigan har qanday narsa bilan shug‘ullaning. Jahlingizni harakatlar orqali bo‘shatib yuboring, shunda u charchoq hissi va muskullar xursandchiligi bilan almashadi.

7) Muammo bilan “birga uxlang”
Charchaganingizni his qilib turgan bo‘lsangiz, hech qanday muammoni hal qilishga urinmang. Uyqu kelib turganida ertalab tetik holatda aytmaydigan ortiqcha gaplarni gapirib qo‘yishingiz mumkin. Ertalabgacha g‘azabingiz bosilib qolishi ehtimoldan xoli emas. Axir hissiyotlarning jozibasi shunda: ular doimiy ravishda o‘zgaradi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Jahlni engishning 7 ta xavfsiz usuli