
Agar muammoni hal qilish mumkin bo‘lsa, u haqda tashvishlanishga hojat yo‘q. Agar uni hal qilish mumkin bo‘lmasa, u holda tashvishlanishning foydasi yo‘q.
* * *
O‘ylab qaror qil, qaror qildingmi – o‘ylama.
* * *
Ketayotganni to‘xtatma, kelganni quvma.
* * *
Tez – bu sekin, lekin tanaffussiz degani.
* * *
Er va xotin qo‘l va ko‘zdek bo‘lishlari lozim: qo‘l og‘riganida ko‘zlardan yosh chiqadi, ko‘zlardan yosh chiqqanida esa qo‘l ko‘zyoshlarni artadi.
* * *
Ba’zida yaproq cho‘kishi, tosh esa suzishi mumkin.
* * *
So‘rasang – bir daqiqa uyalasan, so‘ramasang – bir umr uyalasan.
* * *
Yotgan odam hech qachon qoqilib ketmaydi.
* * *
Muhabbat bor joyda yuzdagi yara ham kulgich kabi chiroyli ko‘rinadi.
* * *
Sovuq choy va sovuq ovqatga chidash mumkin, lekin sovuq nigoh va sovuq so‘zga chidab bo‘lmaydi.
* * *
Qayg‘u yirtiq ko‘ylakka o‘xshaydi, uni uyda qoldirgan ma’qul.
* * *
Oddiy odamlarsiz buyuk odamlar bo‘lmaydi.
* * *
Yomon odamga do‘st bo‘lgandan ko‘ra yaxshi odamga dushman bo‘lgan ma’qul. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar