19:32 / 26.11.2016
25 538

Ko‘zlar siz haqingizda nelarni so‘zlar?

Ko‘zlar siz haqingizda nelarni so‘zlar?

Ko‘zlar — qalb oynasi. Ko‘zlarda insonning kechinmalari, o‘tmishi va hatto fazilatlari ham zohirdir. Fiziognomika fani inson yuzidagi belgilariga qarab, uning xarakterini o‘rganuvchi fandir. Sizni ushbu fanning ko‘z borasidagi tadqiqotlar xulosasi bilan tanishtiramiz.

Shahlo ko‘zlar

Ko‘zlari katta-katta kishilar ko‘pincha boshqaruvchilik qobiliyatiga ega bo‘ladilar. Shuningdek, shahlo ko‘zlilar ochiq tabiatli, kirishuvchan va samimiy, serhissiyot shaxslardir. Ular tez jahl otiga minib, yana shunday tezlik bilan bu ko‘ngilsizlik haqida unutadilar. Ular orasida mehribon va botirlar ham ko‘p uchraydi.

Kichik ko‘zlar

Kichkina ko‘zli odamlarni fiziognomika tadqiqotchilari ayyor xarakterli deb hisoblaydilar. Ular uddaburon va chaqqon shaxslardir. Kichik ko‘zli biznes hamkorlar ishning ko‘zini biladi va har qanday vaziyatda o‘z foydasiga ishni hal qila oladilar. Shuningdek, ular odatda, o‘ta tajang bo‘ladilar.

G‘amgin ko‘zlar

Ko‘zlari g‘amgin kishilar haqiqatdan ham, melonxolik bo‘ladilar. Ular har qanday ishni obdon rejalashtirib oladilar, agar reja amalga oshmasa, tushkunlikka tushib qolishlari ham hech gap emas. Ular o‘zgarish va yangiliklarni unchalik xushlamaydigan shaxslardir.

Mushuk ko‘zlar

Mushuk ko‘zli odamlar o‘ta ayyor bo‘ladilar va o‘z maqsadlari yo‘lida og‘ishmay boradilar. Ular raqib sifatida o‘ta xavfli. Ular o‘ta sezgir va doim qarama-qarshi jins vakillarida qiziqish uyg‘otadilar.

Bo‘rtib chiqqan ko‘zlar

Bunday ko‘z sohib va sohibalari o‘ta qiziquvchan shaxslardir. Ularning qiziquvchanligi salbiy va ijobiy bo‘lishi mumkin. Qay yo‘sinda namoyon bo‘lishi kishining o‘ziga bog‘liq. Shu sababli, ular orasida g‘iybat va birovlarning hayotiga qiziquvchilar ko‘proq uchraydi. Ular doim xabarlar borasida barchadan oldinda yuradilar.

Chuqur joylashgan ko‘zlar

Bunday ko‘z sohiblari tez xafa bo‘ladigan, o‘z dunyolariga ko‘milib yashovchi shaxslardir. Ko‘pincha ular orasida ijodkorlar uchrab turadi. Ular tashqi olamdan qochib, o‘z hissiyotlarini sir tutishga intiladilar.

Ranglar nima deydi?

Ko‘zlar rangining inson temperamentiga bog‘liq ekanligi psixolog va kriminalistlar tomonidan tasdiqlangan. Shunday ekan, ta’riflar bilan tanishing.

Qora ko‘zlar

Qora ko‘zlar egasining g‘ayratli va sabrli ekanligini anglatadi. Shuningdek, ular ko‘nikuvchan hamdirlar.

Jigarrang ko‘zlar

Ko‘zlari jigarrang shaxslar hokimlik qilishga moyil bo‘ladilar, biroq ular ozgina dangasaroq, shuning uchun ham, ko‘pgina orzulari armon bo‘lib qolib ketishi tabiiy. Ular bayram va tantanalarni xush ko‘radilar.

Kulrang ko‘zlar

Kulrang ko‘zli shaxslar o‘ta mehnatsevar, maqsad sari olg‘a intiluvchandirlar. Ular sokin va mulohazakor bo‘ladilar. Ko‘pincha katta yutuqlarga ham erishadilar.

Ko‘k ko‘zlar

Ko‘k ko‘zlilar romantik va pragmatik bo‘ladilar. Ular shamol kabi beqaror bo‘lib, ko‘pincha muhabbat borasida bevafodirlar.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Ko‘zlar siz haqingizda nelarni so‘zlar?