
QO‘Y
Mazkur burj vakillari xafa bo‘lganlarini anchagacha sezdirmay yuradilar. Bu haqda umuman sizga lom-mim demay, shunchaki aloqani uzib qo‘yishlari ham mumkin. Shunga qaramay, uni bezovta qilaversangiz, katta janjal kelib chiqishi shubhasiz.
BUZOQ
Buzoqlarning sabr-toqatiga havas qilsa arziydi. Ular ham bo‘lar-bo‘lmasga arazlayvermaydilar. Biroq ular er sifatida arazlagan chog‘larida moliyaviy cheklovlar bilan rafiqalariga jazo berishlari mumkin.
EGIZAKLAR
Egizaklarni umuman tushunib bo‘lmaydi. Ular kecha qilgan hazilingizni kulib qarshi olib, ertasiga o‘sha gapga qovoq-tumshuq qilib arazlab o‘tirishlari mumkin. Agar buning uchun uzr so‘ramasangiz, ular, albatta, alamlarini oladilar. Hatto qo‘l ko‘tarishlari ham hech gap emas.
QISQIChBAQA
Qisqichbaqalar o‘ta serhissiyot bo‘lib, ularni birov xafa qilsa ham o‘zlarini ayblab o‘tirishlari hech gap emas. Ular o‘zgalardan arazlab, “Bu dunyo o‘zi bevafo”, deb xulosa chiqaradilar. Toki ko‘ngillarini birov ko‘tarib ovutmaguncha tushkunlikdan chiqa olmaydilar.
ARSLON
Arslonlar o‘zlarini juda yaxshi ko‘radilar, shu sababli ularda xafa bo‘lish uchun har doim bahona bo‘ladi. Ular atrofdagilarning e’tiborini tortish uchun bahona topa olmasalar ham, arazlash “operasiya”sini ishga tushirishlari mumkin. Bu “operasiya” yillar mobaynida qilgan barcha mayda-chuyda kamchiliklaringizni yodga solish bilan boshlanadi.
PARIZOD
Parizodlar birovni aslo xafa qilmaydilar, lekin ularni ranjitgan odamni anchagacha yodda saqlab yuradilar. Parizodlar ginachi emas, shunchaki ularning xotirasi yaxshi, xolos. Agar ularning hamiyatiga tegsangiz, sizni sekin kuzatib yurishadi-da, kutilmaganda zarba berishadi.
TAROZI
Tarozilarning dilini og‘ritish oson. Buning ustiga, ular qasd olishni bilishmaydi ham, xohlashmaydi ham. Ular xafa qilgan kishi haqida hammaga doston aytib beradilar-u, bu haqda unutadilar. O‘sha odam bilan esa yana odatdagidek munosabatlarini davom ettiraveradilar.
ChAYoN
Chayonlar arazlash va o‘ch olish bo‘yicha chempion. Biroq sizdan xafa bo‘lishsa ham u kulib turadi. Ichida esa “Sen hali shoshmay tur”, deb reja tuzadi. Ularni nohaq ayblashning oqibati yomon. Ularga jahl qilish esa xavfli.
O‘QOTAR
Bu burj vakillari o‘zlaridan zaif insonlarga doim g‘amxo‘r bo‘lishadi. Ulardan xafa bo‘lishni esa ahmoqlik deb hisoblaydilar. O‘qotarlar o‘zlaridan zaif deb bilgan shaxslar esa ko‘pchilikni tashkil etadi. Shunga qaramasdan, arzimagan ishga ham jahl qilib, qovoq-tumshuq qilib olishlari hech gap emas.
TOG‘ EChKISI
Tog‘ echkisi o‘zgalarga bepisandlik bilan qaraydi. Shuning uchun ham ulardan xafa bo‘lib o‘tirmaydi, shunchaki foydalanadi, xolos. Tog‘ echkilari arazlashni kuchsizlarning zaif tomonlari, deb biladilar.
QOVG‘A
Qovg‘alar mukammallika intiluvchan shaxslardir. Ularning o‘ziga xos talablari va qonun-qoidalari bor. Bu qoidalarni buzgan shaxslardan esa u arazlab, tamoman yuz o‘girishi mumkin. Ular o‘zlarini xafa qilgan kishidan bemalol kechib keta oladilar.
BALIQ
Tabiatan ko‘ngilchan bo‘lgan baliqlar birovdan arazlab, anchagacha qiynalib yuradilar. Lekin qasos olish haqida o‘ylab ham ko‘rmaydilar. Baliqlarni toqat bilan eshitsangiz, ular yengil tortib, barini unutishadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar