15:05 / 04.12.2016
6 849

Kichkina xonadonni kengaytirish borasida maslahatlar

Kichkina xonadonni kengaytirish borasida maslahatlar

Bir necha kishi birga yashaydigan kichkina xonadonlar juda fayzsiz bo‘lib ko‘rinadi. Kichik xonadonlarni shinam qilish va yashash uchun qulaylik yaratishga yordam beruvchi g‘oyalar juda ko‘p. Bu maqolada siz kichkina xonadoningizni butunlay o‘zgartirishga yordam beradigan g‘oyalar bilan tanishasiz.

Balkon

Balkon va unga tutash xonani qisman birlashtirish mumkin. Ular orasiga to‘siq sifatida birorta javon qo‘yilib, balkondan dam olish xonasi yoki kompyuterda ishlaydigan xona sifatida foydalansa ham bo‘ladi.

Karavot tepasi

Karavot tepasiga kitoblar uchun javonlarni bemalol joylashtirsa bo‘ladi.

Tokchalar

Agar xonadonda tokcha yoki taxmonlar bor bo‘lsa, ulardan kiyimlarni saqlaydigan shkaf sifatida foydalanish mumkin.

Burchaklar

Ovqatlanish xonasi uchun burchakka moslashtirilgan va tagiga narsalar qo‘yiladigan o‘tirg‘ichlar juda mos keladi.

Deraza tokchalari tagi

Deraza tokchasi tagidan, taxta javonlar yordamida, kitoblarni saqlaydigan joy sifatida foydalanish mumkin.

Manba: Daryo.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Kichkina xonadonni kengaytirish borasida maslahatlar