10:34 / 10.12.2016
8 554

200 yil davom etgan tadqiqot nihoyat natija berdi

200 yil davom etgan tadqiqot nihoyat natija berdi

Barchaga ma’lumki, suv elektr tokini juda yaxshi o‘tkazadi. Shu bois elektrik jihozlarni suv manbalari yaqinida qo‘llash va momaqaldiroq paytida suvda suzish tavsiya qilinmaydi. Biroq bu qoidaning oddiyligiga qaramay, hali-hanuz hech kim qanday qilib suv molekulalari mazkur jarayon vaqtida protonlarni uzatishini aniq izohlab bera olmagan. Science jurnali shu mavzuda so‘z yuritdi, deb xabar beradi "Kun.uz" nashri.

Yel universitetining tadqiqotchilar guruhi kimyo fanlari professori Mark Jonson rahbarligi ostida birinchi marta spektroskopik tahlil yordamida elektronlarni uzatish jarayonini muhrlashning uddasidan chiqdi. Jarayonning o‘zi "Grotgus mexanizmi" (nemis kimyogari Teodor fon Grotgus) nomini olgan va u 200 yildan ziyod vaqtdan beri olimlarni o‘ylantirib keladi.

"Ushbu fundamental kimyoviy va biologik jarayon aniq izohlarga ega bo‘lmagan", - deydi Vashington universiteti tadqiqotchisi Enni Makkoy.

Suv kimyosini molekulyar darajada o‘rganish yillari oxir-oqibat kerakli kashfiyotga olib keldi. Tadqiqot doirasida olimlar suv molekulalarini aynan tok uzatilayotgan paytda muzlatishga muvaffaq bo‘lishdi va bu ularga Grotgus mexanizmi doirasida ro‘y berayotgan tuzilmaviy o‘zgarishlarni batafsil o‘rganish imkonini berdi.

Uzoq yillar aynan shu tasvir ushbu jarayonning qanday sodir bo‘lishi haqidagi tasavvurlarimizni aks ettirardi. Olimlar bu mexanizmning amalda qanday bo‘lishini anglasalar-da, bunga o‘z ko‘zlari bilan ishonch hosil qilishmagan.

Manbaga ko‘ra, tadqiqot natijalari inqilobiy ahamiyatga ega. So‘nggi 200 yilda suv molekulalaridan elektr toki o‘tayotgan paytdagi tuzilmaviy o‘zgarishlarni kuzatishning tajriba usulini topishga harakat qilishgan. Ushbu vazifa juda qiyin bo‘lib chiqdi. Olimlar oxirgi paytlarda jarayon monitoringini infraqizil skanerlash orqali amalga oshirishga ham urinib ko‘rishgan. Natijalar juda sifatsiz chiqqan, shu bois bu borada aniq ma’lumot olinmagan.

Biroq olimlarning muzlatish g‘oyasi misli kutilmagan ijobiy natijalarni berdi.

Bundan tashqari, olimlar o‘z kashfiyotlarida qo‘llagan texnika ham qaysidir ma’noda inqilobiy hisoblanadi. U bizga suvning boshqa xususiyatlari haqida bilib olishda ham yordam beradi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » 200 yil davom etgan tadqiqot nihoyat natija berdi