
Olimlar Alfa Sentavri yulduz tizimida ulkan gaz sayyora mavjud bo‘lishi mumkinligini bildiruvchi kuchli dalillar topdi. U Yerdan atigi to‘rt yarim yorug‘lik yili masofada joylashgan bo‘lib, astronomik jihatdan juda yaqin hisoblanadi. Sayyora o‘zi hayotni qo‘llab-quvvatlay olmasa-da, uning yo‘ldoshlari yashash uchun qulay bo‘lishi mumkin.
Kashfiyot NASA, ESA va Kanada kosmik agentligi hamkorligida ishlayotgan James Webb kosmik teleskopi yordamida amalga oshirildi. Sayyora ilk bor 2024-yil avgustida aniqlangan, ammo keyingi kuzatuvlarda ko‘rinmay qolgan. Mutaxassislar buni uning yulduz ortida yoki juda yaqin bo‘lgani bilan izohlaydi.
Yangi obyekt tuzilishi jihatidan Saturn yoki Yupiterga o‘xshab, zich gaz qatlami bilan o‘ralgan. Bu holatda sayyorada hayot bo‘lishi mumkin emas, biroq uning atrofidagi muzli yo‘ldoshlarda yashashga yaroqli sharoit bo‘lish ehtimoli bor.
Kelgusida olimlar sayyorani yanada aniqroq kuzatish uchun 2027-yilda ishga tushiriladigan Grace Roman kosmik teleskopidan foydalanmoqchi. James Webb teleskopi esa spektral tasvirlash orqali sayyoraning kimyoviy tarkibini o‘rganadi.
Agar bu kashfiyot tasdiqlansa, insoniyatga eng yaqin yulduz tizimida sayyora mavjudligini ko‘rsatadigan tarixiy dalil bo‘ladi va kelajakdagi ilmiy tadqiqotlarga yangi yo‘nalish ochadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar