date

Xitoydagi ishsiz yoshlar ofislarga pul to‘lab ishlamoqda

Xitoydagi ishsiz yoshlar ofislarga pul to‘lab ishlamoqda
Xitoyda yoshlar orasida ishsizlik 14 foizdan yuqori bo‘lib qolayotgan bir paytda, yirik shaharlarda noodatiy xizmat – “soxta ofislar” soni ortmoqda. Bu joylarda ishsizlar haqiqiy ish qilmasa-da, kun davomida ofis muhitida bo‘lish uchun pul to‘laydi.

Dongguan shahrida faoliyat yuritayotgan “Pretend To Work Company” bunday maskanlardan biri. Bu yerga qatnaydiganlar kuniga 30–50 yuan to‘laydi. Ayrimlar bo‘sh vaqtini o‘z loyihalariga bag‘ishlaydi, boshqalar esa universitet talablari yoki ota-ona bosimi sabab “ishlayotgandek” ko‘rinishga harakat qiladi.

Bunday ofislar Shenzhen, Shanxay, Uxan va boshqa shaharlarda ham paydo bo‘lgan. Ko‘pchiligida kompyuter, internet, yig‘ilish xonalari va dam olish joylari bor. Kundalik to‘lovga ba’zan tushlik va ichimliklar ham kiradi.

Mutaxassislar bu hodisani ta’lim va mehnat bozori o‘rtasidagi nomutanosiblik bilan izohlaydi. Ayrimlar esa buni yoshlar uchun vaqtinchalik ruhiy tayanch, o‘zini foydali his qilish vositasi sifatida ko‘radi.

Shu bilan birga, ishtirokchilar orasida haqiqiy ish topish niyatida ko‘nikma oshirayotganlar ham bor. Masalan, Shui Zhou sun’iy intellekt bo‘yicha bilimlarini rivojlantirmoqda va bu unga kelajakda haqiqiy ishga o‘tishda yordam berishiga ishonadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Foydali » Xitoydagi ishsiz yoshlar ofislarga pul to‘lab ishlamoqda