22:52 / 16.12.2016
13 703

Qovurilgan baliq - yangicha usulda tayyorlaymiz!

Qovurilgan baliq - yangicha usulda tayyorlaymiz!

Zarur masalliqlar: 450-500 gr. suyaksiz baliq go‘shti, yarim bog‘ kashnich ko‘kati, 2 osh qoshiq zaytun yog‘i, 4 osh qoshiq bodom mag‘zi, yarimta piyoz, 1 osh qoshiq limon sharbati, 2 bo‘lak sarimsoq piyoz, yarim bog‘ selderey ko‘kati, tuz.

Tayyorlanishi: 1. Bodom mag‘zini 10 daqiqa qaynagan suvga solib qo‘ying. So‘ng suvidan ajratib, har bir mag‘izning po‘stini arching.

2. Blenderga archilgan bodom mag‘zi, maydalangan piyoz va sarimsoq piyoz, zaytun yog‘i, kashnich, selderey hamda limon sharbatini solib, ezg‘ilang.

3. Katta bo‘laklarga ajratilgan baliq go‘shtini tuz va murch bilan marinadlab, pichoq yordamida har tarafidan chuqur bo‘lmagan kesimlar hosil qiling. So‘ng o‘simlik yog‘i solingan tovada ikki tarafini qizartirib qovuring.

4. Pishgan baliq go‘shtini likopchaga solib, ustidan sousni tekislab quying va pomidor-bodring bo‘laklari bilan dasturxonga tortishingiz mumkin.

Tayyorlanish vaqti: 35 daqiqa.

Manba: Darakchi.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Qovurilgan baliq - yangicha usulda tayyorlaymiz!