Qahva ichishni kamaytirgan odamlar ko‘pincha tushlarining jonliroq va esda qolarliroq bo‘lib qolganini aytadi. Buning sababi kofeinning uyqu jarayoniga ta’siri bilan bog‘liq. U odatda odamni hushyor tutadi va uyquni chaqiruvchi moddani bloklaydi.
Kun oxirida ichilgan qahva uyqu sifatini yomonlashtiradi. Qahva kamroq ichilganda esa uyqu tiklanadi va organizm ko‘proq dam oladi. Ayniqsa, tushlar eng faol bo‘ladigan uyqu bosqichi — REM uyqusi ortadi.
Shu sababli odamlar qahvani kamaytirganda ko‘proq jonli va ba’zan g‘alati tushlar ko‘radi. Bunday tushlar ko‘pincha kuchli hissiyotlar bilan esda qoladi.
Mutaxassislar yaxshi uyqu uchun yotishdan kamida 8 soat oldin qahva ichmaslikni tavsiya qiladi. Bu sog‘lom uyquni ta’minlab, tushlarni yanada esda qolarli qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!