So‘nggi yillarda glyutensiz ovqatlanish tarzi butun dunyoda keng ommalashmoqda. Bu, avvalo, seliakiya kasalligiga chalinganlar, glyutenga allergiyasi bor insonlar va o‘z salomatligiga e’tibor qaratayotganlar uchun muhim ahamiyatga ega. Lekin glyutensiz deb hisoblangan har bir mahsulot ham to‘liq xavfsiz emas. Quyida eng asosiy glyutensiz mahsulotlar haqida batafsil ma’lumot beriladi.
Glyutensiz mevalar va sabzavotlar
Barcha tabiiy mevalarning aksariyati glyutensiz hisoblanadi. Avokado, limon, uzum, mango, ananas, papayya, qovun va o‘rik kabi mevalarni bemalol iste’mol qilish mumkin. Ammo bularni ortiqcha miqdorda yemasdan, me’yorga rioya qilgan holda foydalanish tavsiya etiladi.
Glyutensiz dukkaklilar
No‘xat, yasmiq, lo‘viya – glyutensiz dukkaklilar qatoriga kiradi. Ular oqsil va kletchatkaga boy bo‘lib, hazm tizimi uchun foydali. Lekin ularni ham to‘g‘ri miqdorda iste’mol qilish zarur.
Glyutensiz donlar
Oq va qo‘ng‘ir guruch, jo‘xori, kinoa, tariq glyutensiz don mahsulotlari sifatida tan olingan. Bu donlar nonushta yoki tushlik taomlarida iste’mol qilish uchun juda mos.
Souc va qo‘shimchalarga e’tibor
Ketchup, issiq souslar, soya sousi kabi mahsulotlar ko‘p holatda glyuten saqlashi mumkin. Agar ularning etiketkasidan “glyutensiz” yozuvini ko‘rsangiz, shundagina ishonch bilan iste’mol qilish mumkin. Shu bilan birga, gorchitsa, tapenada, xren odatda glyutensiz bo‘ladi.
Glyutensiz parhez: Qanday mahsulotlar xavfsiz hisoblanadi?
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar