Albatta, har bir inson o‘zini yaxshi ko‘radi. Ammo bu sevgining darajalari turlicha bo‘ladi. Bilsangiz agar, kishi o‘zini qadrlashiga qarab, muvaffaqiyatga erisha olishi belgilanadi.
1. O‘zingizni atrofdagilar bilan solishtirasizmi?
A) Aslo — 3 ball.
B) Ba’zida, qiziqish yuzasidan solishtirishim mumkin — 2 ball.
V) Albatta, axir atrofdagilar bilan qanchalik o‘xshashligimni bilib turishim kerak-ku — 1 ball.
G) Deyarli har doim – 0 ball.
2. Izzat nafsingizga tegish...
A) Juda qiyin – 3 ball.
B) Ko‘pchilikning qo‘lidan kelmaydi, biroq uddalaganlar ham bor... – 2 ball.
V) Oson – 1 ball.
G) Juda oson – 0 ball.
3. Atrofdagilar sizni qadrlashlari qanchalik muhim?
A) To‘g‘risi, ularning fikri bilan hisoblashib o‘tirmayman – 3 ball.
B) Ba’zida qadrimga etishlarini istab qolaman – 2 ball.
V) Deyarli har doim buni his etib turishim lozim – 1 ball.
G) Ha, juda muhim. Qadringga etishmasa hech narsaning qizig‘i qolmaydi – 0 ball.
4. O‘zingizni chorasiz his etasizmi?
A) Yo‘q, har bir mushkullikning, albatta, chorasi bo‘ladi, faqat yaxshiroq qidirish lozim — 3 ball.
B) Ba’zi vaziyatlarda chorasizlikdan tushkunlikka tushib qolaman – 2 ball.
V) Chorasiz vaziyatda echim izlash noto‘g‘ri, hammasini shunchaki vaqt hukmiga qo‘yib berish darkor – 1 ball.
G) To‘g‘risini aytsam, bu tuyg‘u meni tinimsiz iztirobga soladi – 0 ball.
5. Agar biror ish qo‘limdan kelmasligini bilsam...
A) Albatta, bajarib ko‘raman, balki eplarman – 3 ball.
B) Odatda qo‘l siltab ketaman, ammo ba’zan harakat qilish uchun o‘zimda kuch topa olishim mumkin – 2 ball
V) Agar ko‘zim etmasa, boshlab nima ham qildim – 1 ball.
6. Har ishni 110% ga bajarishga intilasizmi?
A) Yo‘q, aslida har bir ishni bilganimcha bajaraman – 3 ball.
B) Ba’zida o‘zimga shunday talablar qo‘yishim mumkin – 1 ball.
V) Har doim o‘zimga shunday talab qo‘yaman – 0 ball.
7. Doim ham atrofingizdagilarga qulay yo‘lni tanlaysizmi?
A) Tan olaman, birinchi navbatda o‘zimga qulay bo‘lishini istayman – 3 ball.
B) Odatda o‘zimga qulayini tanlayman, biroq bu boshqalarga noqulaylik tug‘dirmasligiga harakat qilaman – 2 ball.
V) Ko‘pincha atrofdagilarga ma’qul yo‘lni tanlayman – 1 ball.
G) Nimagadir boshqalarning manfaatlarini o‘zimnikidan ustun qo‘yaman – 0 ball.
8. Rad javobini berishga qiynalasizmi?
A) Ko‘nglim chopmagan har qanday taklifni rad etishim mumkin – 3 ball.
B) Rad etib bo‘lmaydigan vaziyatlar ham bo‘lib turadi, ammo odatda xohishimga qarab ish tutaman – 2 ball.
V) Takliflarni rad etishga qiynalaman – 1 ball.
G) Rad etishni umuman bilmayman, doim boshqalarning xohishiga qarab ish tutishga majbur bo‘laman – 0 ball.
9. Sizni hech kim sevmaydi...
A) Bo‘lmagan gap, atrofimdagilar doim menga girdikapalak bo‘lishadi – 3 ball.
B) Ba’zida hayot shunday o‘ylashga majbur qiladi, biroq yaqinlarimga kerak ekanligimni his etib turaman – 2 ball.
V) Atrofimdagilar bilan ko‘p janjallashaman, balki shunga ular meni yaxshi ko‘rishmas – 1 ball.
G) Afsuski, shunday, odamlarning mehriga doim ehtiyoj sezaman – 0 ball.
10. Atrofdagilarga hammadan yaxshi ekanligingnizni tez-tez isbotlab turasizmi?
A) Yo‘q, shundoq ham hammadan yaxshiligimni bilishadi, bu isbot talab qilmaydigan holat – 3 ball.
B) Gohida hammadan yaxshi ekaningni isbotlashga to‘g‘ri kelib qolishi ham mumkin – 2 ball.
V) Albatta, bo‘lmasa ikkinchi o‘ringa o‘tib qolish hech gap emas – 1 ball.
G) Birinchi navbatda eng zo‘r ekanimni o‘zimga isbotlashim lozim, undan keyin boshqalarni ishontirishga harakat qilaman – 0 ball.
11. Xushomadlarga...
A) Jon deyman, axir xushomadni har kimga ham aytaverishmaydi... – 3 ball.
B) O‘rinli bo‘lsa, yo‘q demayman – 2 ball.
V) Maqtashganida uyalib ketaman – 1 ball.
G) Sira hushim yo‘q – 0 ball.
12. Omadingiz chopmasa, o‘zingizni aybdor his etasizmi?
A) Doim ham omad kulib boqavermasligini yaxshi bilaman, shu sababli tushkunlikka tushmayman – 3 ball.
B) Yo‘q, barini taqdirga yo‘yib qo‘ya qolaman – 2 ball.
V) Ha, ko‘pincha o‘zimni aybdor his etaman – 1 ball.
G) Hatto ayb menda emasligini tushunib tursam ham, baribir, aybdorlik hisidan xalos bo‘la olmayman – 0 ball
13. Oxirgi paytlarda kayfiyatim...
A) A’lo darajada, bir gapirib o‘n kuladigan bo‘lib qolganman – 3 ball.
B) Yaxshi, uni tushirmaslikka harakat qilyapman – 2 ball.
V) Tez-tez o‘zgarib turibdi – 1 ball.
G) Juda yomon, o‘zimni tushkun his etyapman – 0 ball.
Endi to‘plagan ballaringizni hisoblab chiqing!
35-50 ball
Tabriklaymiz! Siz o‘zini yaxshi ko‘ruvchi kishilar qatoridan mustahkam o‘rin egallagansiz. Har qanday masalada o‘zingizning fikringizni ayta olish va unga amal qilish siz uchun juda muhim. Ba’zida esa shu odatingiz tufayli noqulay vaziyatga tushib qolishingiz ham mumkin. Nima bo‘lganda ham bu tuyg‘u xudbinlikka aylanib ketmasligi uchun o‘z ustingizda ishlang.
15-35 ball
Agar o‘zingizga tanqidiy nazar bilan boqishdan biroz chetlansangiz, turli sohalarda yangidan-yangi qirralaringizni namoyon etish imkoniyatingiz ortadi. Demak, o‘zingizni tanqid qilishga sarflaydigan vaqtingizni yangi narsalarni o‘rganishga sarflasangiz, hayotda ko‘proq yutuqqa erishasiz. Muhimi o‘zingizga dushman emas, do‘st bo‘lishni o‘rganing. O‘z kuchingizga, qobiliyatingizga ishonishni boshlagan zahotingiz hayot yanada yorqinlashadi.
0-15 ball
O‘zingizga bergan bahongiz ancha past bo‘lgani uchun, ustingizda ishlashni shu ondanoq boshlang. Doim biror ko‘ngilsizlik yuz berishini kutib yurganingiz uchun omad kelganini ba’zan payqamay ham qolasiz. Xato qaror qabul qilganingiz uchun esa anchagacha o‘zingizni kechirolmay yurishingiz mumkin. Oldingizga aniq maqsad qo‘yib, qadamma-qadam unga intilishga harakat qiling. Bu o‘tkinchi dunyoda o‘zingizni sevib yashashni o‘rganing.
Kamola tayyorladi “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
So‘rovnoma: Isroilliklarning 64 foizi Netanyaxu hukumatiga ishonmaydi
Ukraina Kursk viloyatidan qo‘shinlarini olib chiqish niyatida emas
Lukashenko agar norozilik namoyishlari bo‘lsa, Belarusda internetni butunlay “uzish” bilan tahdid qildi
Ukraina askari mashg‘ulotlardan bir hafta o‘tib qanday qilib asirga tushganini aytib berdi