14:11 / 03.01.2017
39 048

2017 yilda urfda bo‘ladigan soch turmaklari

2017 yilda urfda bo‘ladigan soch turmaklari

Kirib kelgan yilda istalgan didga mos tushuvchi soch turmaklari urfda bo‘ladi. Ulardan ko‘pini o‘zingiz mustaqil yarata olasiz. Ushbu maqolada turli uzunlikdagi sochlar uchun 2017 yilda urfda bo‘ladigan soch turmaklari haqida ma’lumot beramiz. Ular orasidan albatta o‘zingizga mos keladigan variantni topasiz, deb umid qilamiz.

Yig‘ilgan sochlar

Sochlarni tepadan yig‘ib qo‘yish («otning dumi») yana urfga qaytdi. Baxtimizga, endi murakkab soch turmagi yaratish uchun bir necha soat sarflashimizga to‘g‘ri kelmaydi, ularni shunchaki yig‘ib qo‘yish kifoya. Asosiy e’tiborni silliq yuza va to‘g‘ri aksessuarlar tanlashga qaratamiz.

Sifatsiz, yorqin rangli soch to‘g‘nog‘ichlardan voz keching. Ularning bir rangdagi, sochingiz rangiga maksimal darajada yaqin bo‘lganlarini xarid qiling. Zarurat bo‘lganda «nevidimka»lardan ham foydalanishingiz mumkin. Yanada orasta ko‘rinish uchun soch to‘g‘nog‘ichni bir tutam soch bilan o‘rab qo‘yishingiz mumkin.

«Soxta bob»

Bu soch turmagi yordamida uzun soch sohibalari kalta yoki o‘rtacha uzunlikdagi soch turmagini o‘zlarida sinab ko‘rishi mumkin.

«Soxta bob» turmagini yaratish uchun sochlaringizni qo‘yib yuborib, ularni pastrog‘idan yig‘ib qo‘ying (shunchaki soch to‘g‘nog‘ichni ensadan pastga tushirish mumkin). Shundan so‘ng bo‘yningizni yupqa sharf yoki tasma bilan o‘rang.

Shu tariqa soch turmagingiz quyi qismi qayirib qo‘yilgan kareni eslatadi. Bunday soch turmagi juda nazokatli ko‘rinadi!

O‘rilgan sochlar

2017 yilda turlicha ko‘rinishdagi soch o‘rimlari: odatdagi, fransuzcha, sharshara, baliq dumi urfda bo‘ladi. Ular mustaqil soch turmagi bo‘lish bilan birga ukladka, yig‘ilgan sochlar uchun bezak ham bo‘la oladi.

«Ho‘l effekt»

Urfda qolayotgan yana bir soch turmaklaridan biri «ho‘l effekt»dir. Ular ayniqsa biroz jingalak sochlarda chiroyli ko‘rinadi. Buning uchun nam sochlaringizga gel surib, ularni qurishini kuting. Buning uchun fen bilan yordam berishingiz ham mumkin. Plyaj uslubidagi soch turmagi tayyor!

Manba: Daryo.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » 2017 yilda urfda bo‘ladigan soch turmaklari