Homiladorlik paytida ham qulay, ham issiq va ham urf bo‘lgan kiyimlarni tanlash juda qiyin. Yaxshisi, maqolamizni diqqat bilan o‘qib chiqing va o‘zingizga eng ma’qul bo‘lgan variantni tanlang.
Poncho va nakidkalar
Poncho va nakidkalarni homilador ayollar orzusidagi kiyimlar deyish ham mumkin. Ular ham qulay, ham ommabop va eng asosiysi holatingizni yashirib, qomatingizni xushbichim ko‘rsatadi.
Palto
Sovuq paytda kiyiladigan ustki kiyimlarning kengroq bichimdagilarini tanlaganingiz ma’qul. Bu homiladorlikning keyingi davrlarida ham bemalol harakatlanishga yordam beradi.
Par kurtka (puxovik)
Agar sizga sport uslubi ma’qul bo‘lsa, homiladorlik vaqtida ham bunday kiyinish juda qulay. Bugungi kunda ayniqsa puxoviklar urf bo‘lgan. Hajmi katta va issiq puxoviklarda hattoki holatingiz bilinmasligi ham mumkin.
Parka
Parka – yengil va issiq mo‘ynali matodan keng qilib tikilgan ustki kiyim sifatida har doim ayniqsa, homiladorlik davri uchun eng yaxshi variant hisoblanadi. Parkalarni homilador bo‘lmagan paytlarda ham bemalol kiyish mumkin, chunki keng bichimdagi kiyimlar uzoq vaqtgacha urfdan chiqmaydi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
So‘rovnoma: Isroilliklarning 64 foizi Netanyaxu hukumatiga ishonmaydi
Ukraina Kursk viloyatidan qo‘shinlarini olib chiqish niyatida emas
Lukashenko agar norozilik namoyishlari bo‘lsa, Belarusda internetni butunlay “uzish” bilan tahdid qildi
Ukraina askari mashg‘ulotlardan bir hafta o‘tib qanday qilib asirga tushganini aytib berdi