Tekis va silliq sochlarga erishishning 4 usuli

Tekis va silliq sochlarga erishishning 4 usuli
Tekis va silliq sochlarga erishishning 4 usuli

Jingalak sochlarni tekis holga keltirishning to‘rt xil usulini e’tiboringizga havola etamiz.

Kimyoviy yo‘l bilan tekislash

Sochlarni kimyoviy usulda tekislash maxsus vositalar – natriy gidrookis va ammoniy tioglikolat yordamida amalga oshiriladi. Bu turmakni sochning o‘sishiga qarab 2 oyda 1 marta takrorlab turishga to‘g‘ri keladi.

Termik usulda tekislash

Tekislash yuqori sifatli metallar – po‘lat yoki jezdan yasalgan taroq yordamida amalga oshiriladi. Sochlarni termik to‘g‘rilash qulayroq usul bo‘lib, bu usul yordamida sochlarning sog‘lom ko‘rinishini va yaltiroqligini saqlagan holda uzoq muddatga tekislash mumkin.

Tekislovchi dazmollar

Sochlarni uy sharoitida tekislashning eng yaxshi vositasi – hammaga ma’lum bo‘lgan dazmol hisoblanadi. Bu usul juda qulay va oddiy bo‘lsa ham, sochlaringiz har yuvilganda foydalanishga to‘g‘ri keladi.

Fen yordamida tekislash

Bu usul barcha vositalar ichida eng ommabop va qulayi hisoblanadi. Lekin, shunisi ham borki fen yordamida to‘g‘rilangan soch turmagi ham to yuvilguncha saqlanadi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar