Bu maqolada siz to‘g‘ri uxlashni o‘rgatuvchi qoidalar bilan tanishasiz.
Birinchi qoida
Tungi uyqu taxminan 8 soat davom etishi lozim. Ma’lumki, uyqu fazalarga bo‘linadi va to‘yib uxlash uchun chuqur uyqu fazasi tungi soat 2.30 ga to‘g‘ri kelishi shart. Demak, ayni yarim kechada ya’ni, soat 00.00 da siz uxlagan bo‘lishingiz kerak.
Ikkinchi qoida
Bu – to‘g‘ri ovqatlanish qoidasi. Uyqu oldidan ovqatlanish tavsiya etilmasligini hamma biladi. Agar kechki ovqatni o‘z vaqtida eyishga ulgurolmasangiz, iloji boricha uxlash oldidan shirinlik va ayniqsa sho‘r taomlardan voz keching.
Uchinchi qoida
Uxlash joyida o‘tirib noutbukda ishlash yoki televizor ko‘rish tavsiya qilinmaydi, ya’ni dam oladigan joyni ish joyiga aylantirib yubormang.
To‘rtinchi qoida
Uxlashga qulay bo‘lgan ko‘rpa-to‘shak qoidalaridan biri – yostiq juda baland va yumshoq bo‘lmasligi kerak. Shuningdek, to‘shak etarlicha qattiq, choyshab esa toza va tabiiy matodan tikilgan bo‘lishi lozim.
Beshinchi qoida
Sochlaringizni qattiq qilib o‘rmang va uxlash vaqtida ularga zarar beruvchi hech qanday qisqich va rezinalar taqmang.
Manba: Daryo.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
So‘rovnoma: Isroilliklarning 64 foizi Netanyaxu hukumatiga ishonmaydi
Ukraina Kursk viloyatidan qo‘shinlarini olib chiqish niyatida emas
Lukashenko agar norozilik namoyishlari bo‘lsa, Belarusda internetni butunlay “uzish” bilan tahdid qildi
Ukraina askari mashg‘ulotlardan bir hafta o‘tib qanday qilib asirga tushganini aytib berdi