08:51 / 02.02.2017
8 610

Kosmetik vositaga bo‘lgan allergiya va uning belgilari

Kosmetik vositaga bo‘lgan allergiya va uning belgilari

Ba’zi kosmetik vositalar ta’sirida paydo bo‘ladigan qichishish va bezovtalik ko‘pchilik uchun tanish hol bo‘lsa kerak.

Qanday qo‘shimchalar allergiyani keltirib chiqaradi?

Allergiya paydo bo‘lishining asosiy sabablaridan biri – kosmetik vositalarning qaysidir qo‘shimchasini ko‘tara olmaslik ham bo‘lishi mumkin. Ko‘pincha buni otdushka, rang beruvchi va konservantlar keltirib chiqaradi.

Otdushka kosmetikaga yoqimli hid berish uchun qo‘llaniladi. Tabiiy hid beruvchi efir yog‘i ta’sirida ham allergiya paydo bo‘lishi mumkin.

Konservantlar kosmetikaning xizmat qilish muddatini oshirish uchun qo‘llaniladi. Ma’lumki, konservantlar tarkibida juda xavfli kimyoviy moddalar mavjud.

Rang beruvchilar tarkibiga kuchli allergiya chaqiruvchi anilin bo‘yoqlari qo‘shiladi.

Qanday kosmetik vositalar allergiya qo‘zg‘atishi mumkin?

Bunday kosmetik vositalar ro‘yxatida suvga chidamli tush birinchi o‘rinda turadi. Keyingisi esa – tarkibida mentol va yalpiz bo‘lgan ketmaydigan lab bo‘yog‘i.

Kosmetik vositalar ta’sirida allergiyaning paydo bo‘lish belgilari:

– teridagi qizarish, qichishish va achishish
– labdagi shish va qurish
– burun bitishi
– ko‘z yoshlanishi
– ko‘z tagidagi qoramtir dog‘lar

Allergiya paydo bo‘lganda nima qilish kerak?

Agar kosmetik vositalar ta’sirida allergiya paydo bo‘lganini sezsangiz albatta shifokorga boring. Shifokorga borishdan oldin kosmetika vositasini iliq suvda yaxshilab yuvib tashlang. Bu vositadan foydalanishni to‘xtating.

Agar allergiya ko‘zlaringizda paydo bo‘lgan bo‘lsa, moychechak damlamasi bilan yuving.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Kosmetik vositaga bo‘lgan allergiya va uning belgilari