Tush pardoz vositalari orasidagi eng muhim buyumlardan biridir. U yaratadigan mo‘’jizalardan hayratga tushish mumkin: kipriklar uzun va qalinroq, nigohlar ochiqroq, makiyaj esa idealga aylanadi. Biroq bugun bozorda uning turlari juda ko‘p. Quyida kipriklaringiz turiga qarab tush tanlash bo‘yicha tavsiyalarni keltirib o‘tamiz, deydi Daryo nashri.
Agar kipriklaringiz tabiatan uzun va qalin bo‘lsa, kundalik hayotda tushdan foydalanmasangiz ham bo‘ladi. Oqshom makiyaji uchun esa deyarli istalgan tush mos keladi. Maqsadingiz ularga faqatgina urg‘u berish ekan, kipriklarni bir-biridan ajratuvchi cho‘tkacha kerak bo‘ladi.
Agar kipriklaringiz etarlicha uzun, biroq qayrilmagan va siyrak bo‘lsa, uzaytiruvchi tushlarga umuman ehtiyoj yo‘q. Kipriklarni qayiruvchi qisqichlardan to‘g‘ri foydalanishni o‘rganib oling. Shusiz ham uzun kipriklar uchun ularni qayirish va hajm berish kerak bo‘ladi. Shuning uchun volume-effektli tush tanlang. Yirik aylana cho‘tkali tush uzun kipriklarni qalinroq ko‘rsatadi.
Qalin, biroq kalta kipriklar uchun hajm beruvchi tushlar umuman tavsiya etilmaydi. Bundan tashqari, ularni qayiruvchi qisqichlar ham kipriklarni yanada kalta ko‘rsatib qo‘yadi. Bu holatda uzaytiruvchi tushlar mos keladi.
Maftunkor kipriklarga ega bo‘lishning yana bir usuli — ularni laminasiya qilish. Qolaversa, kipriklarni sun’iy uzaytirish effektini beruvchi tush ularni ajratish, qayirish va uzaytirish vazifalarini bajaradi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
So‘rovnoma: Isroilliklarning 64 foizi Netanyaxu hukumatiga ishonmaydi
Ukraina Kursk viloyatidan qo‘shinlarini olib chiqish niyatida emas
Lukashenko agar norozilik namoyishlari bo‘lsa, Belarusda internetni butunlay “uzish” bilan tahdid qildi
Ukraina askari mashg‘ulotlardan bir hafta o‘tib qanday qilib asirga tushganini aytib berdi