Toshkent hayvonot bog‘iga mangust va Sibir silovsinlari keltirildi

Toshkent hayvonot bog‘iga mangust va Sibir silovsinlari keltirildi
Toshkent hayvonot bog‘iga Rossiyaning Novosibirsk hayvonot bog‘idan taqdim etilgan jonivorlar 12 fevral kuni etib keldi. Bu haqda «Novosti Uzbekistana»ga asoslanib «Daryo» xabar bermoqda.
Toshkent hayvonot bog‘iga mangust va Sibir silovsinlari keltirildi

Novosibirskdan keltirilgan hayvon turlarining bir qismi Toshkent hayvonot bog‘ida avval ham bor edi.

Xususan, erkak mandril, Bennet kengurusining, buramashox echkining hamda yoqali pekarining urg‘ochilari hayvonot bog‘ida shu vaqtgacha bo‘lgan ushbu hayvon turlariga juft bo‘lishi uchun olib kelingan.

Mangust va Sibir silovsinlari esa Toshkent hayvonot bog‘i kolleksiyasi uchun yangilikdir.
Toshkent hayvonot bog‘iga mangust va Sibir silovsinlari keltirildi

Keltirilgan hayvonlarning bari juda yosh ekani ma’lum qilindi. Hayvonot bog‘i xodimlari bu jonivorlar kelajakda nasl qoldirishiga umid bilan qaramoqda.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar