Har kuni o‘nlab, ba’zan yuzlab qaror qabul qilishimizga to‘g‘ri keladi. Ulardan ba’zilari muhim bo‘lsa, ba’zilari unchalik muhim emas. Daryo nashri hayotinimizga ta’sir ko‘rsata oluvchi qarorlar qabul qilish haqida maqola chop etdi. Bir joydan boshqa joyga ko‘chish, ishni o‘zgartirish, o‘quv muassasasini tanlash — bu kabi vaziyatlarda qaror qabul qilish oson kechmaydi. Xato qilmaslik uchun qanday yo‘l tutish lozim?
Har qanday qarorni qabul qilishdan avval 10/10/10 qoidasini qo‘llash mumkin. Uchta o‘nlik vaqtning uch bo‘lagini anglatadi. O‘zingizga quyidagi savollarni berib ko‘ring: Men uchun bu o‘n daqiqadan so‘ng qanchalik muhim bo‘ladi? O‘n oydan keyinchi? O‘n yildan keyinchi?
Bu savollarga javob berish orqali qarorlaringizning kelajakdagi oqibatini tasavvur qilishingiz mumkin.
Seminarga borishga erinayapsizmi? Bu siz uchun ma’lum muddatdan so‘ng qanchalik muhim bo‘lishi mumkinligini o‘ylab ko‘ring. Sportzaldagi mashg‘ulotni qoldirishga qaror qilgan bo‘lsangiz, o‘zingizni o‘n yildan keyin semirib ketgan holda tasavvur qiling. Bu unchalik yoqimli manzara emas, shundaymi?
Pareto qoidasi haqida eshitgan bo‘lsangiz kerak. Ushbu qoida harakatlarimizning 20 foizi 80 foiz natijani ta’minlashi va aksincha 80 foiz harakat bor-yo‘g‘i 20 foiz yakuniy natija bilan taqdirlanishini anglatadi.
Uzoq kelajakda nimalarga erishishni istashingizni aniq anglash orqali keyinchalik biror narsadan afsuslanishning oldini olish mumkin. Bu qoida hayotingizdagi jiddiy qarorlarni qabul qilishda o‘zgarmas sababga aylanadi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
So‘rovnoma: Isroilliklarning 64 foizi Netanyaxu hukumatiga ishonmaydi
Ukraina Kursk viloyatidan qo‘shinlarini olib chiqish niyatida emas
Lukashenko agar norozilik namoyishlari bo‘lsa, Belarusda internetni butunlay “uzish” bilan tahdid qildi
Ukraina askari mashg‘ulotlardan bir hafta o‘tib qanday qilib asirga tushganini aytib berdi