23:27 / 05.03.2017
11 745

Foydali 7 shirinlik

Foydali 7 shirinlik

Holva
Organizmni qarishdan asraydi. Tarkibidagi A, E va V guruh vitaminlari teriga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, yurak–qon tomirlari faoliyatini yaxshilaydi. Quruq terilar uchun kosmetik vosita sifatida niqoblar tayyorlab, ishlatish ham mumkin.


Asal
Shakarga nisbatan kam kaloriyali. Shakarli shirin choy o‘rniga asalli ichsangiz, ham sog‘liqqa, ham qomatga foydali. Chunki bu mahsulotda organizm uchun zarur bo‘lgan vitamin, mineral va aminokislotalar mavjud. Yagona sharti, tabiiy asal iste’mol qilish.


Meva va rezavorlar
Vitaminlar, mikorelementlar, minerallarga boyligi sabab ular salomatlik va go‘zalilik uchun beqiyos boylik hisoblanadi. Tarkibidagi kistolar, efir yog‘lari, oqsil, uglevod va klechatkalar sog‘ligingiz garovidir. Yana sir emaski, ozish istagidagilar uchun ham bu shirinliklar qo‘l keladi.


Shakar sepilgan meva po‘stlog‘lari (sukat)
Tabiiy toza mahsulot tarkibida vitaminlar, beta-karotin, askorbin kislotasi mavjud bo‘lib, ularni iste’mol qilish charchoqni engadi, asabni tinchlantiradi, xotirani mustahkamlaydi. Buning ustiga, kam kaloriyali mahsulot hisoblanadi.


Qora shokolad
Kaloriyasi va shakar miqdori kamligi sabab ham boshqa tur shokoladlarga qaraganda foydalidir. Kalsiy, oqsil, temir, magniy va vitaminlarga boy. Eng muhimi, ortiqcha kilogrammlarga sabab bo‘lmaydi.


Murabbo
To‘g‘ri tayyorlangan murabbolar salomatlik uchun koni foyda. Ayniqsa, qorag‘at, malina, yong‘oq murabbolari xastaliklarni davolashda yaxshi samara beradi.


Zefir
Boshqa shirin pishiriqlarga qaraganda zefir kam kaloriyali. Tarkibidagi temir, fosfor va oqsillar mushak to‘qimalarini mustahkamlaydi.


Manba: Darakchi.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Foydali 7 shirinlik