Podiumdagi modellarni kuzatayotgan har bir kishi birinchi navbatda ularning chiroyli gavdasiga e’tibor qaratadi. Bukchaygan qomat va egilgan elkalar har qanday qiyofani ham buzadi. Biz buni nazariyada yaxshi bilamiz, lekin amalda ko‘pchilik o‘zining qomatiga e’tibor bermaydi. Qomatni to‘g‘ri tutishga odatlanish unchalik qiyin emas.
Qomatni to‘g‘ri shakllantirishga yordam beruvchi oddiy va samarali mashqlardan bir nechtasini sizga eslatmoqchimiz.
Tovonlar, boldirlar, dumba, elkalar va bosh orqasini devorga tekkizgan holatda va qo‘llaringizni yuqoriga ko‘tarib bir necha daqiqa tik turing. Boshida yarim daqiqa turing, keyinchalik esa bu mashq vaqtini bir necha daqiqaga etkazasiz.
Elkalar uchun ajoyib mashq: boshida ularni oldinga va orqaga aylantiramiz (har bir tomonga 16 martadan), keyin esa elkalarni yuqoriga ko‘tarish va pastga tushirishga almashtiramiz (bu mashqni ham 16 martadan bajaramiz).
Qomat elkalarni chiniqtirmasdan turib chiroyli bo‘la olmaydi. Buning uchun quyidagi mashqni bajaring: oyoqlarni elka kengligida tuting va tizzalarni biroz buking, qo‘llarni songa qo‘ying. Gavdangizni pastga qilib, o‘tirib-turing (16 marta).
Gavdangizni to‘g‘rilashga yordam beruvchi ba’zi mayda-chuydalarga e’tibor bering.
Masalan, stulning eng chekkasiga o‘tirish odatini tashlang, bunday holatda stul suyanchig‘i sizning elkangizni ushlab tura olmaydi va qorningiz, tirsaklaringiz bilan stol chekkasiga suyanishga majbur bo‘lasiz.
Stol yonida o‘tirganda boshingizni pastga egiltirmang: bu gavdani buzishdan tashqari bag‘baqa paydo bo‘lishiga ham sabab bo‘ladi.
Mushaklarni rivojlantirmasdan gavdani to‘g‘ri tutib bo‘lmasligini esingizda saqlang. Shuning uchun muntazam ravishda mushaklarni mustahkamlovchi mashqlar bilan shug‘ullanib turing.
Manba: Daryo “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
So‘rovnoma: Isroilliklarning 64 foizi Netanyaxu hukumatiga ishonmaydi
Ukraina Kursk viloyatidan qo‘shinlarini olib chiqish niyatida emas
Lukashenko agar norozilik namoyishlari bo‘lsa, Belarusda internetni butunlay “uzish” bilan tahdid qildi
Ukraina askari mashg‘ulotlardan bir hafta o‘tib qanday qilib asirga tushganini aytib berdi