17:32 / 11.03.2017
13 556

Ko‘z osti terisining osilib qolishini qanday yo‘qotsa bo‘ladi?

Ko‘z osti terisining osilib qolishini qanday yo‘qotsa bo‘ladi?

Ko‘z osti terisining salqib qolishi hozirgi kunda ko‘pchilikka tanish holat. Maqolamizda biz bu qusurdan butunlay qutulish yo‘llarini aytmoqchimiz.

Sovuq narsa qo‘ying

Tomirlar sovuq ta’sirida qisqaradi va har qanday shishlarni ketkazadi. Uni metall qoshiq yordamida ham sovitish mumkin. Oldindan muzlatgichga 4—5 dona qoshiq solib qo‘yiladi va ularni navbatma-navbat ko‘z tagiga bosib turiladi.

Yana bir yo‘li — muz bo‘laklari bilan yuvinish. Bu holatda muzlatilgan suv o‘rnida sut yoki o‘tlar qaynatmasi ham to‘g‘ri keladi. Muz o‘rniga sovuq kompress qilish ham mumkin. Kompressni ko‘zga 10—15 daqiqa davomida qo‘yib turiladi.

Suv iching

Shishlardan qutulish uchun ko‘proq suv ichish tavsiya etiladi. Chunki shishlar ko‘pincha organizmdagi suvlarning chiqib ketishiga to‘sqinlik qiluvchi tuzlar tufayli paydo bo‘ladi. Suv esa organizmdan tuzlarni yuvib chiqarishga yordam beradi.

Tabiiy mahsulotlardan niqoblar qiling

Aloe shishlarni ketkazishga, shuningdek terini namlantirishga va mayda ajinlarni ketkazishga yordam beradi. Aloe o‘simligi barglaridan yangi olingan sharbatni teringizga surib qo‘ying va qurigandan so‘ng yuvib tashlang.

Shishlarga yaxshi ta’sir qiluvchi niqobni 2 osh qoshiq aloe gelini yarim choy qoshiq bodring sharbati bilan aralashtirib tayyorlash mumkin. Aralashma uxlashdan oldin surib qo‘yiladi va ertalab yuvib tashlanadi. Ko‘pirtirilgan tuxum oqi ham terini taranglashtiradi va shishlarni ketkazishga yordam beradi.

Uyquga e’tibor bering

To‘yib uxlashga harakat qiling. 8–9 soat uyqu ko‘z osti terisining tarang bo‘lib turishiga yordam beradi.

Manba: «Daryo»

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Ko‘z osti terisining osilib qolishini qanday yo‘qotsa bo‘ladi?