Agar siz tez-tez eskirgan mevalarni, mog‘orlagan pishloqni va qotgan nonlarni tashlashga majbur bo‘lsangiz – bu xaridlaringizni qisqartirish va tejashning ayni vaqti kelganining belgisi hisoblanadi.
Kundalik iste’molingiz rejasini tuzing
Do‘konga chiqishdan oldin, bir haftalik ovqatlanish rejasini tuzishga harakat qiling. Mahsulotlarni rejaga asosan sotib olsangiz, do‘kondan to‘g‘ri kelgan narsalarni olishga majbur bo‘lmaysiz.
Ro‘yxat tuzing
Va unga rioya qiling. Bu siz iste’mol qilayotgan ovqatlar miqdorini baholashga yordam beradi. Shuningdek, bu usul shirinliklar joylashgan bo‘lim yonidan bemalol o‘tib ketishga yordam beradi.
Sizga qancha eguliklar kerak bo‘lishini biling
Haddan tashqari ko‘p pishirish – yaxshi variant emas. Keragidan ortiqcha eguliklarni sotib olish natijasida siz tashlanadigan ovqatlar sonini ko‘paytirasiz.
Saqlanish muddatini esingizda tuting
Tez buziladigan mahsulotlarning ishlab chiqarilgan vaqtini tekshiring. Uyda ularni joylashtirishda o‘rami yuzasiga saqlash muddatini katta qilib yozib qo‘ying. Shu yo‘l bilan siz ularning tez buzilmaslik imkonini oshirgan bo‘lasiz.
Manba: Daryo “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
AQSH razvedkasi Putinning xorijdagi muxoliflari o‘ldirilishiga oid maxfiy hujjatlarni qisman ochiqladi
Shavkat Mirziyoyev «Yashil makon» umummilliy loyihasining yangi bog‘ida ko‘chat ekdi (foto)
Galaktikalar to‘qnashuvidan hosil bo‘lgan zarba to‘lqinlari Yerda ham sezildi
Shimoliy Koreya ballistik raketalar ishlab chiqaruvchi zavodini kengaytirmoqda
Shavkat Mirziyoyev Suma Chakrabarti bilan uchrashdi