
Tabiat uyg‘onib, atrof gullarning yoqimli ifori bilan to‘ladigan bahor faslida parfyumeriya sanoati ham yangi mahsulotlarini chiqara boshlaydi. Maqolada siz uchun 5 ta parfyumeriya yangiliklarini to‘pladik.
Eng bahoriy: DKNY Be Tempted Eau So Blush, Donna Karan
Kompozisiyaning o‘z nomida ko‘rsatilgan tarkibi haqiqat: pushti greypfrut, qizil smorodina, apelsin va piongul — bularning barchasi haqiqatda pushti (blush). Barra va nordon Eau So Blush sitrusli «po‘st» va mevali «mag‘iz» o‘rtasidagi chiroyli kontrastni ko‘rsatib beradi.
Eng an’anaviy: Lily of the Valley, Floris
Sof ingliz parfyumeriyasi an’anasidagi namunaviy marvaridgul ifori. 1730 yilda yaratilgan Londonning Floris markasi vitrinali do‘konlari va barqaror mahsulot to‘plamlari bo‘lgan ilk markadir.
Eng musaffo: Viktor & Rolf’dan Flowerbomb Bloom
Ushbu atir shirin gulli hid bilan boshni aylantirmaydi, aksincha, «nam tog‘ havosi» ifori yordamida musaffolik bag‘ishlaydi.
Eng shohona: Nina Ricci L’Extase Rose Absolue
2015 yilgi shirin qalampirli L’Extase yog‘ochli L’Extase Rose Absolue’ga aylandi. Kutilmagan uyg‘unlikni Fransis Kurkjan yaratdi, bu esa yangilangan versiya avvalgisidan kam ommalashmasligini bildiradi.
Eng nazokatli: Sisley’dan Izia
Nazokatli va gullar iforiga boy Izia atirgulni tarannum etish uchun yaratilgan, aynan uning notasi atrofiga zamonaviy va ko‘p funksiyali piramida barpo etilgan.
Manba: Daryo “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar