23:54 / 21.03.2017
8 891

Iqtisodiy tanglikda pulni qanday tejash kerak?

Iqtisodiy tanglikda pulni qanday tejash kerak?
Dollar kursi bilan birga narxlar ham tinmay o‘sib borayotgan bir vaqtda, xarajatlarni biroz bo‘lsa-da kamaytirish va oilaviy mablag‘lardan oqilona foydalanishni boshlash kerakligini o‘ylashimizga to‘g‘ri keladi. Maqolamizda pulni tejashning bir necha samarali usullari keltirilgan.

1-usul. Xaridlarning hisobi

Ba’zilar bir oy davomida ishlab topganlarini bir necha kun ichida sarflashni uddalashadi. Sizda bunday holat bo‘lmasligi uchun, hamma xaridlarni har kuni yozib borishga o‘rganing. Bunday yozuvlar bo‘lsa pulning nimaga sarflanayotganini tekshirib turish va keraksiz xaridlardan voz kechish mumkin bo‘ladi.

2-usul. Bir oylik xarajatlarni rejalashtirish

Majburiy to‘lovlar va xarajatlar (kommunal xizmatlar, oziq-ovqat xarajatlari, kiyim-kechaklar, dori-darmonlar, avtomashina) ro‘yxatini tuzing. Keyin esa sizning daromadlaringizni va zarur xarajatlaringizni solishtirib ko‘rish kerak bo‘ladi. Bunday solishtirishdan keyin nimalardan voz kechish mumkinligini aniqlang va ro‘yxatdan o‘chiring.

3-usul. Qarzga pul olmang va bermang

Qarzga pul olayotgan odam o‘zining daromad va xarajatlarini to‘g‘ri taqqoslashga qodir emas. Uni qanday va qachon qarzni qaytarish haqidagi o‘ylar xavotirga soladi. Bu unga oilaviy byudjetni aniq hisoblab chiqishga xalal beradi.

4-usul. Pulni uyga olib keling

Pulni olganingizdan keyin uy tomonga yo‘l oling. Yaqinroqdagi do‘konlarga kirib o‘tirmang. Yoningizda pul ko‘p bo‘lsa, uni sarflash istagi paydo bo‘ladi. Uyga kelgandan so‘ng ro‘yxatda yozilgan navbatdagi xarajatlaringizni yaxshilab o‘ylab ko‘ring.

Manba: «Daryo»

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Iqtisodiy tanglikda pulni qanday tejash kerak?