date
views 12 452

To‘rt savolga bir javob

To‘rt savolga bir javob
Kunlardan birida Hasan Basriy rahmatullohi alayhning oldilariga to‘rt kishi shikoyat qilib keldi. Ulardan biri qurg‘oqchilikdan, boshqasi qashshoqlikdan, uchinchisi befarzandlikdan, so‘nggisi esa hosilning yo‘qligidan qanday qutilish mumkinligi haqida maslahat so‘radi.

Shunda Hasan Basriy rahmatullohi alayh ularga yuzlanib:

-"Tavba qiling", – dedi.
Haligi odamlar hayron bo‘lib:

-"Ey solih, bizning muammolarimiz turlicha bo‘lsa, sen bizga bir xil maslahat berding”, – deyishdi.
So‘ngra Hasan Basriy rahmatullohi alayh Allohning kalomi Qur’oni karimning ushbu oyatini tilovat qildi: Bas, dedimki: «Robbingizdan mag‘firat so‘rangiz! Albatta, U (bandalariga nisbatan) o‘ta kechirimli Zotdir. (Shunda, ya’ni istig‘for aytsangiz) ustingizga osmondan (barakali) yomg‘ir yog‘dirur, sizlarga mol-dunyo, farzandlar bilan madad berur hamda sizlarga bog‘lar (barpo) qilur va sizlarga anhorlarni (ato) qilur (Nuh, 10-12).

Darhaqiqat, xolis tavba bandaga ko‘plab foyda keltiradi. Tavba qiluvchi uchun Alloh taolo bu dunyo va oxiratda ajrini tayyorlab qo‘ygan. Albatta, Alloh bandalariga nima yaxshi ekanini yaxshi biladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Foydali » To‘rt savolga bir javob
-->