06:02 / 26.03.2017
14 693

To‘q tutishga yordam beruvchi 5 ta oziq-ovqat

To‘q tutishga yordam beruvchi 5 ta oziq-ovqat
Tushlik nafaqat mazali, balki to‘yimli ham bo‘lishi uchun uni tayyorlashda muayyan bir mahsulotlardan foydalanish lozim. Bular qanday mahsulotlar?

Qo‘rda pishirilgan kartoshka

Kartoshka ochlikni jilovlaydigan eng kuchli oziq-ovqatlardan biri hisoblanadi. Qo‘rda pishirilgan kartoshka tarkibi uglevodlar, vitaminlar, kletchatkalar va boshqa ozuqaviy moddalarga boy bo‘lgani uchun eng katta ozuqaviy ahamiyatga ega bo‘lgan oziq-ovqatlar reytingida birinchi o‘rinda turadi.

Tuxum

Tuxum tarkibida organizmning o‘zi mustaqil ravishda ishlab chiqarishga imkoni bo‘lmagan aminokislotalar mavjud. U hazm bo‘lgandan so‘ng, aminokislotalar ichaklardagi ochlik hissi uchun javob beradigan gormonlar ajralib chiqishini ta’minlaydi.

Dukkakli sho‘rva

Sho‘rvaning suvi ko‘p bo‘lgani uchun kaloriyasi kam bo‘lsa ham to‘qlik hissini uyg‘otish xususiyatiga ega. Dukkaklilardan qilingan sho‘rva tarkibidagi ozuqa tolalari ajoyib energiya manbai hisoblanadi.

Olma

Olma tarkibidagi pektin tabiiy ravishda ovqat hazm qilishni sekinlashtiradi va to‘yish hissini keltirib chiqaradi. Tushlikdan keyin eyilgan olma organizmga yakunlovchi murakkab shakar, vitaminlarni beradi va uzoq vaqtgacha to‘qlik hissini saqlab qolishga yordam beradi.

Popkorn

Engil makkajo‘xori asosan havodan iborat bo‘lgani uchun popkornning katta porsiyasini ham eyish juda oson. Shunga qaramasdan, yengil makkajo‘xorining kaloriyasi ancha kam. Popkorn butun uglevodlardan tashkil topgani uchun ajoyib energetik egulik hisoblanadi.

Manba: «Daryo»

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » To‘q tutishga yordam beruvchi 5 ta oziq-ovqat