Inson yashar ekan, yoshi o‘tgan sayin salomatligida turli muammolarga duch keladi. Shulardan biri bo‘g‘inlardagi og‘riqlardir. Albatta, inson keksayishi barobarida tizza bo‘g‘inlaridagi paylar va to‘qimalar egiluchanligi hamda harakatchanligini yo‘qotadi. Buning oqibatida yurganda og‘riq paydo bo‘ladi.
Turli xil salbiy omillar, birinchi navbatda noto‘g‘ri ovqatlanish natijasida, bo‘g‘inlardagi suyuqlik ishlab chiqarilishi kamayadi. Oqibatda tog‘aysimon to‘qimalarga zarar etadi. Bu esa artroz debochasidir. Xo‘sh bo‘g‘inlarni mustahkamlashning imkoni bormi?
Buning uchun sizga sulidan tayyorlangan kokteylni tavsiya qilamiz. «Tak Prosto!»ga tayanib «Kun.uz»ning yozishicha, bu ichimlik tizzasidan aziyat chekayotganlar uchun juda foydalidir. U tizzalarda yumshatuvchi suyuqlik ishlab chiqarilishini kuchaytiradi, egiluvchanlikni yaxshilaydi, bu o‘z navbatida harakat va faollikka ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bundan tashqari, kokteyl juda to‘yimli bo‘lib, ajoyib ta’mga ega. Shunga ko‘ra, nonushta yoki kechki ovqat o‘rniga ham o‘tadi.
Bu ichimlikning tarkibi quyidagicha:
250 ml suv
50 g suli yormasi
100 ml apelsin soki
1 osh q. maydalangan yong‘oq
1 osh q. asal
Dolchin, ta’bga ko‘ra
Qanday tayyorlanadi:
Suv va suli yormasidan suli bo‘tqasi tayyorlanadi. U sovuguncha, apelsin soki dolchin, asal va yong‘oq bilan aralashtiriladi. Bu aralashma suli bo‘tqasiga qo‘shiladi va blender yordamida aralashtiriladi.
Kokteyl jismdagi jarayonlarni normallashtiruvchi moddalarga boy. Ikki hafta o‘tgach, bo‘g‘inlaringizda o‘zgarishni seza boshlaysiz. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
AQSH razvedkasi Putinning xorijdagi muxoliflari o‘ldirilishiga oid maxfiy hujjatlarni qisman ochiqladi
Shavkat Mirziyoyev «Yashil makon» umummilliy loyihasining yangi bog‘ida ko‘chat ekdi (foto)
Galaktikalar to‘qnashuvidan hosil bo‘lgan zarba to‘lqinlari Yerda ham sezildi
Shimoliy Koreya ballistik raketalar ishlab chiqaruvchi zavodini kengaytirmoqda
Shavkat Mirziyoyev Suma Chakrabarti bilan uchrashdi