Niderlandiyadagi Erazm Rotterdamskiy nomidagi universitetning tibbiy markaz olimlari sichqonlarda qarishga qarshi preparatni muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazishdi. Bu haqda Cell jurnaliga asoslanib Kun.uz xabar berdi.
Insonning yoshi o‘tgani sayin to‘qimalarda qariyotgan hujayralar yig‘ilib qoladi. Olimlarning fikricha, ular artrit va diabet kabi kasalliklarning rivojlanishiga turtki berar ekan. Niderlandiyaliklar tomonidan ishlab chiqilgan "yoshlik eliksiri" ana shu hujayralarni yo‘q qiladi, bu esa qarish jarayonini to‘xtatish imkonini beradi. Qariyotgan hujayralarni o‘z-o‘zini yo‘q qilishga undovchi peptid preparat tarkibiga kiradi.
Preparat qariyotgan sichqonlarda sinalganidan keyin ularning jismoniy chidamliligi oshgan - tadqiqotchilar kemiruvchilar ko‘p vaqtlarini "g‘ildirak"da harakatlanib o‘tkazganini ta’kidlashdi. Bundan tashqari, "yoshlik eliksiri"ni qabul qilgan jonivorlar sinov vaqtida bosib o‘tgan masofa deyarli ikki barobarga oshgan.
Olimlar shuningdek sichqonlarning ichki organlari faoliyati yaxshilanganini ham qayd etishdi.
Tadqiqot mualliflari mazkur preparat saraton bilan kurashda samarali bo‘lishi mumkinligini aytishmoqda. Keyingi bosqichda yangi preparat insonlarda sinab ko‘riladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
AQSH razvedkasi Putinning xorijdagi muxoliflari o‘ldirilishiga oid maxfiy hujjatlarni qisman ochiqladi
Shavkat Mirziyoyev «Yashil makon» umummilliy loyihasining yangi bog‘ida ko‘chat ekdi (foto)
Galaktikalar to‘qnashuvidan hosil bo‘lgan zarba to‘lqinlari Yerda ham sezildi
Shimoliy Koreya ballistik raketalar ishlab chiqaruvchi zavodini kengaytirmoqda
Shavkat Mirziyoyev Suma Chakrabarti bilan uchrashdi