11:02 / 03.04.2017
11 983

Olimlar: Tish pastasi saratonga sabab bo‘lishi mumkin

Olimlar: Tish pastasi saratonga sabab bo‘lishi mumkin
Tish pastasi insonda saratonni chaqirishi mumkin. Bunday xulosaga AQShning Bingemton universiteti tadqiqotchilar guruhi keldi. Ular o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasida tish pastasi inson organizmiga qanday salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini aniqlashdi, deb yozadi Kun.uz nashri.

Ma’lum bo‘lishicha, tish pastasida titan dioksidi bo‘lib, u insonda saratonni paydo qilishi mumkin. Pasta qadoqlarida u E-171 nomi bilan ko‘rsatiladi.

Shuningdek bu modda saqichda ham bor. Inson organizmiga tushgan titan dioksidi ichaklarni to‘laqonli ishlashiga imkon bermaydi. Bu modda ichakka immunitet uchun foydali bo‘lgan elementlarni o‘zlashtirishga xalaqit beradi.

Tish pastalari va saqichlarga titan dioksidi rang beruvchi sifatida qo‘shiladi. U inson immunitetini kuchsizlantiradi. Shu bilan birga, bu moddaning doimiy ta’siri ichakning tashqi tahdidlarga chidamliligini pasaytirish va uning yallig‘lanishiga olib kelishi mumkin.

Olimlar tish pastasi yoki saqich tarkibiga nimalar kirishini diqqatlik bilan o‘qishni tavsiya etishmoqda. Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, titan dioksidi bir qadar xavfsiz modda, biroq uning xususiyatlari oxirigacha o‘rganib chiqilmagan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Olimlar: Tish pastasi saratonga sabab bo‘lishi mumkin