Immun tizimi kasallik bilan kurasharkan, unga barcha mavjud energiya zaxiralari zarur bo‘ladi. Shuning uchun ko‘pchilik kasalliklarning asosiy alomati toliqish ekanligiga ajablanmasa ham bo‘ladi. Biz asosiy belgilari holsizlikdan iborat bo‘lgan kasalliklar ro‘yxatini tuzib chiqdik.
Qalqonsimon bez faoliyatining pasayishi
Qalqonsimon bez bo‘yin asosida joylashgan bo‘lib, u hammasini – energiya miqdoridan tortib metabolizm tezligi va immun tizimi faoliyatigacha boshqarib turadi. Qalqonsimon bez faoliyatining buzilishi juda keng tarqalgan.
Quvvat etishmasligi bu kasallikning eng ko‘zga ko‘ringan belgisi hisoblansa ham unga yana vaznning oshishi, ich qotishi, teri quruqligi va doimiy sovqotish alomatlari qo‘shiladi.
Surunkali toliqish sindromi
Mialgik ensefalomielit nomi bilan taniqli bo‘lgan bu kasallikning klassik xususiyati engib bo‘lmaydigan charchoqlikdan iborat bo‘lib, u hech qanday harakatni bajara olmaslik holatiga olib keladi. Bu sindrom bilan kasallangan odamlar to‘shakda yotgan yoki uyidan chiqa olmaydigan ahvolga tushib qolgan.
Kamqonlik
Kamqonlik — qon tarkibidagi havo tashish uchun xizmat qiladigan qizil tanachalarning etishmaslik holati. Kamqonlikda shuningdek temir va B12 vitamini etishmaslik belgilari ham kuzatiladi. Uning toliqishdan tashqari rangpar teri, qatlanuvchi tirnoqlar, kuchli yurak urishi, bosh aylanishi va bosh og‘rig‘i kabi boshqa klassik alomatlari ham mavjud.
Diabet
Kuchli tashnalikdan va tez-tez bovul qilishdan tashqari toliqish — diabetning birinchi va eng qat’iy belgilaridan biri hisoblanadi. Organizmning doimiy ravishda qondagi qand miqdorini normallashtirishga urinishi kuchsizlanishga olib keladi.
Manba: Daryo “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Avstriyada santexnik 30 kilogramm og‘irlikdagi tilla tangalar topib oldi
Ukraina Kursk viloyatidan qo‘shinlarini olib chiqish niyatida emas
Rossiya o‘zbekistonliklarni sendvich-panellar ishlab chiqarish sohasida ishga olmoqchi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
So‘rovnoma: Isroilliklarning 64 foizi Netanyaxu hukumatiga ishonmaydi