10:55 / 07.04.2017
8 362

Erkaklar uchun did bilan sumka tanlaymiz

Erkaklar uchun did bilan sumka tanlaymiz
Hali ham buyumlaringizni cho‘ntagingizda olib yurasizmi? O‘z didingizga mos qulay sumka tanlash vaqti keldi!

Ryukzak

Shahar ryukzagi — ko‘cha modasi afsonasi. Qulay va sig‘imdor, ammo afsuski, eng universal emas. U sport, kundalik va militari uslubidagi qiyofalarga birdek mos tushadi, biroq ish bo‘yicha uchrashuvga uni taqib kela olmaysiz. Shunday bo‘lsa-da, qolgan vaziyatlarda u qo‘llarni bo‘sh tutib, o‘zingiz bilan barcha kerakli (va keraksiz) buyumlarni olib yurish imkonini beradi.

Messenjer

Yoki pochtachi sumkasi. Qulay va zamonaviy messenjer sizga nafaqat sumka sifatida, balki qiyofangizning yorqin aksenti sifatida ham xizmat qiladi. Ushbu sumkaning modellari xilma-xil bo‘lib, ular orasidan sport uslubidan boshqa har qanday qiyofa uchun variant topa olasiz.

Portfel

Vaqt orqali sinalgan klassika. Ish uslubi uchun mukammal variant. Agar siz kostyumlar tarafdori bo‘lsangiz, aynan portfel sizning sodiq yo‘ldoshingizga aylanishi kerak. U kundalik foydalanish uchun mos tushadi, ichidagi bo‘limlari qulay qilib tashkillashtirilgan, ko‘pchilik modellarda hatto noutbuk uchun ham joy bor.

Diplomat

Diplomat — eng talabchan aksessuar. Bekam-ko‘st kostyum, yarqirab turgan tufli, mukammal rubashka — bu diplomatli qiyofa uchun tayanch minimum. Faqatgina biznes uslubi uchun, xolos.

Sport sumkasi

Agar sport mashg‘ulotlariga qatnasangiz yoki basseynga borsangiz, bunday sumka sizga juda zarur bo‘ladi. Tartib va qulaylikka intilsangiz, bu erda ryukzak ish bermaydi. Axir sport sumkasida oyoq kiyimi uchun alohida cho‘ntak, kiyim va sochiq uchun sig‘imdor bo‘limlar, shuningdek, shampun va gellar uchun alohida bo‘limchalar ham bor. Odatda bunday sumkalar yuvish uchun qulay bo‘lgan materiallardan tayyorlanadi.

Manba: «Daryo»

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Erkaklar uchun did bilan sumka tanlaymiz