13:04 / 12.04.2017
7 142

Videoo‘yinlarning kutilmagan 5 foydasi

Videoo‘yinlarning kutilmagan 5 foydasi
Videoo‘yinlar — jarroh uchun eng yaxshi xobbi

Laparoskopiya (kichik teshiklar bilan operasiyalar o‘tkazish) bo‘yicha mutaxassislar ishtirok etgan tadqiqotda haftasiga 3 soatdan ko‘p kompyuter o‘yinlarini o‘ynaganlar operasiyalar chog‘ida o‘yin o‘ynamaydigan hamkasblariga nisbatan 32 foizga kamroq xatoliklarga yo‘l qo‘yishini ko‘rsatdi.

Ular disleksiyaga qarshi kurashishda yordam beradi

Ba’zi tadqiqotlar ayon qilishicha, diqqatni jamlashdagi qiyinchilik — disleksiyaning asosiy komponenti. Disleksiklar ishtirokidagi tadqiqot ularning o‘qish qobiliyati videoo‘yinlar sessiyasidan keyin yaxshilanganini ko‘rsatdi. Olimlar fikricha, bunga kompyuter o‘yinlari, doimiy o‘zgarib turuvchi tasvirlar sharofati bilan diqqatni yuqori darajada to‘plashni talab qilishi sababchidir.

Ular ko‘rish qobiliyatini yaxshilashi mumkin

Olimlar aytishicha, kompyuter o‘yinlarini me’yorida o‘ynash ko‘zlarni zo‘riqtirmaydi, balki yaxshilaydi. Tadqiqotlardan birida 10 haftalik doimiy videoo‘yinlardan so‘ng, ishtirokchilar kulrang tuslarini farqlash qobiliyatlarini sezilarli ravishda oshirishga muvaffaq bo‘ldi.

Ular karera o‘sishida yordam berishi mumkin

Kompyuter o‘yinlarining ba’zi janrlari etakchilik sifatlarini rivojlantirib, buning uchun taqdirlashi tufayli, olimlar o‘yinchilar o‘zlarining real hayotida va karerasida ham shunga o‘xshash motivasiyalarni namoyon qilayotganini payqadi. Videoo‘yinlar shakllantiradigan improvizasiya, shuningdek, odamga qo‘qqisdan paydo bo‘lgan qiyinchiliklarni tezkorlik bilan engib o‘tish va ishdagi kutilmagan topshiriqlarni dadillik bilan bajarishda yordam beradi.

Videoo‘yinlar tarixga qiziqishni orttiradi

Ko‘pchilik kompyuter o‘yinlarida syujetlar haqiqiy tarixiy voqealarga asoslanadi. Tarixiy personajlar va vaziyatlar bolada qiziqish uyg‘otishi va uni ushbu fanni o‘rganishga undashi mumkin, deb hisoblaydi olimlar. O‘yin bilan bog‘liq kitoblar, xaritalar va boshqa axborot manbalarini xarid qilgan ota-onalar ta’kidlashicha, ularning farzandlari tarixga ancha kattaroq qiziqishni namoyon etgan.

Manba: Daryo

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Videoo‘yinlarning kutilmagan 5 foydasi