13:26 / 13.04.2017
7 098

Ko‘ylak va bo‘yinbog‘dagi turli naqshlarni bir-biriga moslaymiz

Ko‘ylak va bo‘yinbog‘dagi turli naqshlarni bir-biriga moslaymiz
Oq ko‘ylak va ko‘k bo‘yinbog‘dan iborat standart «komplekt» jonga tegdimi? O‘z qiyofangizga ko‘proq bejamdorlik bag‘ishlamoqchimisiz? Biz sizga katak-katak, chiziq-chiziq va boshqacha naqshli ko‘ylak va bo‘yinbog‘larni o‘zaro moslashtirish haqida gapirib beramiz.

O‘xshash naqshlar

Bir dizaynli ikki naqshni uyg‘unlashtirayotib, ulardan biri kattaroq hajmli bo‘lishiga e’tibor bering. Bir xil hajmli bo‘lsa, ko‘ylak va bo‘yinbog‘ birga qo‘shilib ketadi, yoqimsiz optik vibrasiyani hosil qilib, ko‘zni zo‘riqtiradi.

Turli naqshlar

Ikki xil naqshlarni, masalan, katak-katak va chiziq-chiziq yoki katak-katak va peysli (qalampir nusxa), chiziq-chiziq va xol-xol gullarni aralashtirishda aksincha qoida amal qiladi. Ular taxminan bir xil hajmda bo‘lishiga e’tibor bering. Ammo istisnoli holat mavjud. Agar ko‘ylakning guli, masalan, juda mayda bo‘lsa, bo‘yinbog‘niki yirikroq bo‘lishi kerak.

Sizga, shuningdek, doim omadli chiquvchi kombinasiyalarni taklif etamiz:

«Katak-katak ko‘ylak + katak-katak bo‘yinbog‘»

Eng muhim qoida — ko‘ylakdagi kataklar bo‘yinbog‘nikidan maydaroq bo‘lishi kerak. Agar siz pidjak ham kiysangiz, unda pidjakdagi kataklar ham bo‘yinbog‘dagidan farqlanishi kerak. Yaxshisi, bunday tavtologiyadan uzoq yurgan ma’qul.

«Katak-katak ko‘ylak + boshqacha naqshli bo‘yinbog‘»

Bu erda aksincha — kattaligi bir xil bo‘lgan naqshlarni tanlang, ammo ortiqcha tirishmang!

Katak-katak ko‘ylakni yirik chiziqli bo‘yinbog‘ bilan, shuningdek, xol-xol gulli yoki peysli (qalampir nusxa) bo‘yinbog‘ bilan uyg‘unlashtirib ko‘rish mumkin.

Manba: Daryo

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Ko‘ylak va bo‘yinbog‘dagi turli naqshlarni bir-biriga moslaymiz