10:03 / 18.04.2017
7 103

Telefonda mukammal surat olish uchun maslahatlar

Telefonda mukammal surat olish uchun maslahatlar
Zoom’dan foydalanmang

Zamonaviy smartfonlarda eng minimal zumlashtirishdan foydalanish ham surat sifati keskin yomonlashishiga olib keladi. Unda shovqinlar paydo bo‘ladi va ravshanlik yo‘qoladi. Agar ob’ektni yaqindan suratga olmoqchi bo‘lsangiz, uning yoniga boring. Agar bunday imkoniyat bo‘lmasa, zumsiz suratga tushiring, yakunda o‘zingizga kerakli fragmentni katta fotosuratdan kesib olish mumkin.

Smartfon ob’ektivini toza tuting

Gadjetingiz ob’ektivini tirnab olmaslikka urining, shuningdek, suratga olishdan oldin uni mato parchasi bilan yaxshilab artib tashlang.

Bir necha marta suratga oling

Hatto professional fotosuratchilar ham bir necha martadan suratga tushiradi, ulardan namuna oling. Ketma-ket olingan suratlar ichidan eng maqbulini tanlab olib, qolganlarini o‘chirib tashlash mumkin.

Yorug‘lik

Yaxshi suratlarni yaxshi yoritilgan joyda olish mumkin. Agar siz do‘stlaringiz bilan kichik fotosessiya uyushtirmoqchi bo‘lsangiz, buni kunduzi ko‘chada qilgan ma’qul. Shuningdek, yorug‘lik manbai ob’ektivdan oldinda bo‘lsa, HDR rejimini yoqishni unutmang. Ammo ochiq quyoshda va qop-qora soyada suratga olish yaramaydi, kontrast yorug‘liklardan ham nariroq turish zarur.

Kamera imkoniyatlarini ishga soling

Kamera imkoniyatlaridan iloji boricha kengroq foydalaning. Smartfonlar kameralari sozlamalarida ko‘plab turli-tuman funksiyalar mavjud, ularni bemalol ishlating.

Suratlarni tahrirlang

Photoshop va boshqa grafik redaktorlar yordamida shovqinlarni biroz silliqlashtirish, yorqinlik/kontrastlikni to‘g‘rilash, chiroyli effektlarni qo‘shish mumkin.

Qo‘llaringiz qaltiramasin

Suratga olish vaqtida qo‘llaringiz qaltiramasligiga e’tibor bering. Bu erda hammasi tushunarli: «yuvilib ketgan» fotosuratlar hech kimga kerak emas.

Manba: «Daryo»

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Telefonda mukammal surat olish uchun maslahatlar