15 015
Semirishdan qo‘rqmay har kuni iste’mol qilish mumkin bo‘lgan shirinliklar nomi ma’lum qilindi
Oramizda shirinliklarni yaxshi ko‘radiganlar ko‘pchilikni tashkil qiladi. Biroq ularning kaloriyali ekanligi va shu bois qomatga ta’sir ko‘rsatishi haqidagi o‘ylar bizga tinchlik bermaydi. Parhezshunoslar bu borada qayg‘urishga hojat yo‘qligi, zero qomat buzilishidan qo‘rqmay, har kuni iste’mol qilish mumkin bo‘lgan shirinliklar ham mavjudligini aytishmoqda. "Kun.uz" nashri shu haqidagi ma’lumoti bilan bo‘lishdi.
Bunday mahsulotlarga, eng avvalo, asal kiradi. U juda kaloriyali, buni unutmaslik kerak, lekin boshqa tomondan, asal foydali moddalarga shu qadar boyki, organizm uni juda yaxshi va asosiysi, samarali hazm qiladi.
Ushbu mahsulotni kundalik rasionga qo‘shib, shamollash bilan bog‘liq barcha kasalliklardan va hatto tumovdan ishonchli xalos bo‘lish mumkin. Ekspertlar tavsiyasiga ko‘ra, asalni har kuni 3-5 qoshiqdan oshmagan miqdorda iste’mol qilish kerak.
Shuningdek achchiq shokolad ham foydali hisoblanadi, zero uning tarkibiga kiruvchi barcha komponentlari organizmni foydali moddalar bilan to‘yintiradi va energiya zaxirasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bundan tashqari, achchiq shokolad stressga chidamlilikni oshiradi, shu bois siz hatto og‘ir damlarda ham asabni asrashingiz mumkin bo‘ladi.
Foydali shirinliklar qatorida quritilgan mevalarning ham alohida o‘rni bor. To‘g‘ri, mahsulot hammaga ham ma’qul kelmasligi mumkin, lekin yodingizda bo‘lsin - bu mahsulotlar fruktoza va glyukozaga boy bo‘lib, juda foydali hisoblanadi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Abdusalom Azizovning Xavfsizlik kengashiga o‘tkazilgani tasdiqlanmadi
Bahodir Qurbonov DXX raisi etib tayinlandi
Abdulla Aripov Boysunda bo‘lib qaytdi: “Prezidentimiz, odamlar ko‘chishga rozimi-rozimasmi, dedilar”
Tramp uchta davlat tovarlariga bojlar joriy etmoqchi
Xalqaro sud qarori: Netanyaxu va Gallant hibsga olinsa nima bo‘ladi?